Ixtisoslashgan oʼrta umumtaʼlim maktabida seminar-trening o’tkazildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali, “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy taʼlim” fakulteti, “Dasturiy injiniringi” kafedrasi assistentlari B.Xoshimov, B.Uzoqov, А.Qayumov, M.Аsraev, А.Tillavoldiev, А.Karimovlar ishtirokida Fargʼona shahar 19 ixtisoslashgan oʼrta umumtaʼlim maktabida ustoz hamda maktab oʼquvchilari bilan 2021-yil 26-27-fevral kunlari “TАTU Fargʼona filialida talab yuqori boʼlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomilashtirish boʼyicha chora-tadbirlar” mavzusi boʼyicha seminar-trening boʼlib oʼtdi. Ushbu seminar-treningda mamlakatimizda shuningdek jaxon mamlakatlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tendentsiyalar haqida maʼlumot berildi.

Seminar-trening davomida Oliy oʼquv yurtlariga abiturientlarni oʼqishga qabul qilishdagi olib borilayotgan ishlar, kasbga yoʼnaltirish va boʼlajak imtixonlar, abiturientlar tomonidan topshiriladigan hujjatlar boʼyicha maʼlumot berdilar.