“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali faollar zalida Talaba yoshlarni turli yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, ularni ilm-fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

🟢Ochiq muloqotga Farg‘ona viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari J.M.Xatamov tashrif buyurdi, shuningdek filial direktori A.Rasulov (https://t.me/AkbaraliRasulov), direktor maslahatchisi A.Usmonov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i va uslubchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

🟢Ochiq muloqotda Jamshid Muxtorovich tomonidan talabalarimizga bugungi kunda din niqobi ostida yosh avlodni turli xil vayronkor g‘oyalarga ergashtirishni maqsad qilgan oqimlardan saqlanish hamda ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turishda kerakli ma’lumotlar, tavsiyalar berildi.