Jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabalar turar joyida Farg‘ona shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari mayor S.Otajonov, Farg‘ona shahar IIO FMB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i mayor F.Raxmonov, Farg‘ona shahar IIO FMB 4-son IIB boshlig‘i B.T.Xamroqulov va talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida talabalarga ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish kiber jinoyatchilik, ya’ni plastik kartalardan onlayn pul o‘g‘irlash, 1Xbet o‘yinlarining yoshlarga va oilalarga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berildi.