Kompyuter injiniringi fakulteti dekani O.Otaqulov va talaba-yoshlar o’rtasida davra suhbati o’tkazildi

🟢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali talabalar turar joyida Kompyuter injiniringi fakulteti dekani O.Otaqulov va talaba-yoshlar o’rtasida davra suhbati o’tkazildi.

✅ Uchrashuv davomida bugungi kunda Prezidentimiz va vazirligimiz tomonidan kiritilayotgan yangiliklar ya’ni vazirligimizni «Raqamli texnologiyalar» nomiga o’zgarishi sohamizda katta qadamlar qo’yilayotgani to’g’risida gapirildi.

🟦 Shuningdek talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va ulardan unumli foydalangan holda o’z bilim-ko’nikmalarini oshirib borishi, turli loyihalarda faol ishtirok etishi hamda o’z sohasi bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lib yetishishi haqida ta’kidlandi. Buning uchun qat’iy tartib intizom talab etilishi va doimo odob-axloq qoidalariga rioya etib borilishi eslatib o’tildi.