Magistrant: Irmatova Dilyora

-Assalomu alaykum! Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali magistraturasida tahsil olmoqdaman. Rossiya federatsiyasi fuqarosi sifatida aytmoqchimanki, TATU Farg’ona filiali Farg’ona vodiysidagi eng yaxshi va zamonaviy universitetlardan biri hisoblanadi. Bu yerda sifatli ta’lim olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, har bir fakultetda talabalarni mutaxassislik bo’yicha rivojlantirish uchun it texnologiyalarining inkubatsiya va akseliratsiya markazlari mavjud. Magistraturada o’qish nafaqat yaxshi ta’lim olish, balki ilmiy-tadqiqot ishlarida ham tajriba orttirish imkonini beradi. Albatta, bu bizning universitetimiz professor-o’qituvchilarining katta roli demakdir.

-Ushbu oliy o’quv yurtiga o’qishga kirganimdan mamnunman va barcha xorijliklarni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg’ona filialini tanlashga taklif qilaman!

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati