Magistratura maxsus fanlari bo‘yicha maslahat bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi topshiriqlari va filial direktorining 2019 yil 29 iyuldagi 465-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yil 3 avgust kuni kichik majlislar zalida 2019/2020 o‘quv yili uchun magistratura maxsus fanlari bo‘yicha maslahat o‘tkazildi. Tadbirni Filial magistratura bo‘yicha mas’ul kotib yordamchisi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Mulaydinov, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri O.Qo‘ldoshov, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri A.Abdukadыrov, Kompyuter injiniringi fakulteti dekani Z.Xamrakulovlar olib bordi. Abituyentlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son va 2019 yil 27 apreldagi 360-son qarorlari batafsil tushuntirildi. Abituriyentlar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javob berildi.