Mahallabay tamoyili asosida ishlar

TАTU Fargʼona filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri Ravshanbek Zulunov “Bir mahallaga bir ziyoli maʼnaviy homiy” tamoyili asosida ishlash boʼyicha Fargʼona viloyati Yozyovon tumani Toshxovuz mahalla fuqarolar yigʼiniga biriktirilgan. Mahalla borib koʼrildi. MFY raisi va xodimlari bilan hamkorlikda ishlash boʼyicha kelishib olindi va maʼlumot (telefon, telegramm) almashindi. Mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit oʼrganildi. Mahalla guzari, choyxona va boshqa ijtimoiy xizmat obʼektlarini oʼrganib, fuqarolar bilan suhbatlashildi. MFY pasportini olindi va tegishli maʼlumotlar aniqlandi. (aholi soni, shundan: yoshlar, ayollar, erkaklar, keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtojlar va boshqalar). Mahallada kambagʼallikni tugatish ishlari va “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari” yuritilmoqda. Yoshlar va faxriylar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.