Media markazi rahbari

Jarqinboyev Shoxboz Bahodir o’g’li

Qabul vaqti: Chorshanba – Shanba, 13:30 – 16:30

Telefon: (91) 684 -80-10


Markazning maqsadi: Universitetda taʼlim jarayonini bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashuvida faol ishtirok etgan holda vatanimizdagi televizion va media mahsulotlar bozorini rivojlantirish, taʼlimga yoʼnaltirilgan oʼquv media maxsulotlari yaratgan holda daromad olish, televizion texnologiyalari sohasida jaxon darajasidagi yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali hodimlar zaxirasini yaratish va ish oʼrinlarini kengaytirish.

Markazning vazifalari: Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʼor standartlarini taʼlim jarayoniga joriy etish; taʼlim tizimida eng soʼnggi zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash; shuningdek, talabalarga nazariy bilimlar berish bilan birga ularda amaliy koʼnikmalarni ham rivojlantirish; taʼlim jarayonini ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashuvida faol ishtirok etish; media ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish kurslarini hamda qisqa muddatli ixtisoslik kurslari koʼrinishidagi treninglarni tashkil etish; Oʼzbekiston Oliy va oʼrta maxsus va umumtaʼlim muassasalari rahbar hodimlari va professor-oʼqituvchilarining media kompetentliligini oshirishga qaratilgan oʼqitish faoliyatini olib borish; media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur oʼrganishga oʼz istagini bildirgan universitet, uning filiallari va unga qarashli oʼrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari hodimlari va talabalarini tanlov asosida oʼqitish; masofaviy taʼlim uchun turli koʼrinishdagi interaktiv, media oʼquv manbaalari, videodarslarni yaratish.

Ovoz yozish studiyasi radio

Virtual studiya

Montaj xonasi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali Media-markazi nizomi

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi asosida ishlab chiqildi.

1.2. Media-markaz (keyingi oʼrinlarda Markaz deb yuritiladi) o‘z faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, “Oliy taʼlim to‘g‘risida”gi Nizom hamda Raqamli texnologiyalari vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, viloyat hokimligi qaror va farmoyishlari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Kengashi qarorlari, Ustavi va mazkur Nizomga amal qiladi.

1.3. Mazkur Nizom Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali media-markazi faoliyatini tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida filial faoliyatiga oid axborotlarni yoritishda asosiy hujjat hisoblanadi.

1.4. Mazkur Nizomda markaz faoliyatiga oid quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

PR-menedjer – Media-markaz faoliyatini boshqaruvchi. Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis. PR (oʻqilishi — piar) — ingilizcha “public relations”, yaʼni jamoatchilik bilan aloqalar maʼnosini anglatadi. «Jamoatchilik bilan aloqalar (PR – Public Relations) — bu tashkilotlar va jamoatchilik oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni oʻrnatishga imkon beradigan strategik aloqa jarayoni»;

Matbuot kotibi – Filialning axborot siyosati masalalari bo‘yicha mas`ul xodimi;

Veb-sayt moderatori – filial veb-saytida ma’lumotlarni joylash, tahrirlash va tahlil qilishga mas’ul hamda media-markazning veb-saytini yaratishda dasturiy ta`minotchi mutaxassis;

Online radio – TATUFF online radiosi, filial veb-saytida onlayn efirga uzatiladi;

Online jurnal – “Al-Farg‘oniy izdoshlari” ilmiy-texnik jurnali, “Engineering problems and Innovations” ilmiy-texnik jurnali faoliyati online platformasi;

Sport klubi – filial professor-o`qituvchilari va talabalari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha to‘garaklar, sport musobaqalari, kibersport o‘yinlari tashkiliy tuzilmasi;

Talabalar teatr-studiyasi – talabalarning teatr truppasi, havaskorlik ijodiy jamoasi;

Virtual studiya – Virtual Studio texnologiyasi (VST) – bu tovush muharrirlari, sekvenserlar, raqamli audio ish stantsiyalariga ulanadigan real vaqt rejimiga bog’liq (mahalliy) plaginlarning formati. VST ilovalari DirectX plaginlaridan bir necha jihatdan farq qiladi. Xususan, ular Windows, macOS va Linux uchun mavjud. Bundan tashqari, DirectX ning oldingi versiyalaridan farqli o’laroq, VST plaginlari murakkab avtomatlashtirish interfeysiga ega. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqishning har bir bosqichini yaxshilash uchun vositalar va xususiyatlarning toʻliq toʻplami. Bulut, mobil, veb va o’yinlarni ishlab chiqish uchun birinchi darajali yordamni o’z ichiga oladi;

Brifing – (inglizcha briefing; brief – qisqa) — rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi. Unda muayyan masala boʻyicha rasmiy nuqtai nazar yoki xalqaro muzokaralar, kengashlar, konferensiyalarning borishi va boshqa toʻgʻrisida tomonlarning oʻzaro kelishib olingan qarashlari rasmiy xulosasi qisqacha bayon qilinadi;

Matbuot anjumani – bu rasmiy ravishda tarqatish va ommaviy axborot vositalarining savollariga javob berish uchun tashkil etilgan tadbir. Matbuot anjumanlari, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarning aniq masalalariga javoban e’lon qilinadi;

Media-platforma – bu ishlab chiquvchilar veb-saytlar va veb-ilovalarni yaratish uchun foydalanadigan standartlashtirilgan API (HTML, CSS, JavaScript, SVG…) to’plami. Media-platforma ko’p maqsadli veb-ishlab chiqish va kontentni boshqarish platformasi. Bu veb-saytni oson va muvaffaqiyatli ishlab chiqish va texnik xizmat ko’rsatishga qaratilgan keng qamrovli echimlar to’plamidir;

Media – Internet kabi (masalan, televidenie, radio va gazetalar an’anaviy ommaviy axborot vositalarining namunalari) aloqa vositasiga tegishlidir. Ijtimoiy tarmoqda ular bilan ma’lumot almashish va ulardan ma’lumot olish orqali boshqa odamlar bilan muloqot qilish;

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing SMM (Social Media Marketing) – bu mahsulot va xizmatlarni targib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni togridan togri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish;

Kontent – maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir;

Platforma – o’zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni yo’lga qo’yishga xizmat qiluvchi “o’zak dastur”.

1.5. Media-markaz boshqaruvi filial direktorining buyrug`i asosida jamoatchilik asosida biriktirilgan mas`ul xodimlar faoliyati markaz boshlig`i (PR-menedjer) tomonidan muvofiqlashtiriladi.

1.6. Nizom Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʼona filiali direktori tasdiqlagan kundan boshlab kuchga kiradi.

2. Markazning maqsadi

2.1. Filialda yagona media-axborot tuzilmasini yaratish maqsadida loyiha ishlab chiqish.

2.2. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy konferentsiyalar, o‘quv-seminarlar, matbuot anjumani, brifing kabi tadbirlarni tashkil etish va keng yoritish.

2.3. Filialning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy media platformasini rivojlantirish.

2.4. Filialda onlayn jurnal va online radio faoliyatini rivojlantirish.

2.6. Taʼlim jarayonini ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg‘unlashtirishda faol ishtirok etgan holda televizion va media mahsulotlar tijoratini yo‘lga qo‘yish.

2.7. Taʼlimga yo‘naltirilgan o‘quv-media mahsulotlarini yaratish, masofaviy ta`limni sifatli tashkil etish uchun videodarslar, online o‘quv mashg`ulotlari, vebinarlar tayyorlash orqali talabalarga sifatli ta‘lim platformasini yaratish;

2.8. Television va raqamli texnologiyalari sohasida Respublikamiz va jahon miqyosidagi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali hodimlar zahirasini yaratish va ish oʼrinlarini kengaytirish.

3. Markazning vazifalari

3.1. Filialning maʼnaviy-maʼrifiy, o‘quv, ilmiy ishlar va innovatsiyalar sohasidagi faoliyati hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga moʼljallangan media-rejasini ishlab chiqish.

3.2. Ommaviy axborot vositalarida TATU Farg‘ona filiali faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish.

3.3. TATU Farg‘ona filiali rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari filial faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini taminlash.

3.4. TATU Farg‘ona filialiga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qilish.

3.5. Markaz oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni filialning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlash.

3.6. Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish.

3.7. TATU Farg‘ona filiali faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda elon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish.

3.8. TATU Farg‘ona filiali rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish.

3.9. TATU Farg‘ona filiali faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Rahbariyatga axborot berish uchun elon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash.

3.10. TATU Farg‘ona filiali faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.

3.11. Video va fotoreportajlar, reklama va ijtimoiy roliklari, intervyular, videoma’ruzalarni suratga olish, ovoz yozish, xabar va yangiliklar tayyorlash.

3.12. Barcha kontent qiziqarli va yuqori sifatli bo’lishi uchun ijodiy muhit yaratish. Talabalar jamoasidan iborat blogerlar tomonidan mustaqil ravishda foto va video reportajlar kontseptsiyasini ishlab chiqish, suratga olish, tahrir qilish va ijtimoiy tarmoqlarga yuklash bo‘yicha ijodiy ishlarni amalga oshirish.

3.13. Taʼlim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, talabalarga nazariy bilimlar berish yo‘nalishida media mahsulot ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish kurslarini hamda qisqa muddatli ixtisoslik kurslari koʼrinishidagi treninglar tashkil etish.

3.14. Media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur oʼrganishga o‘z istagini bildirgan taʼlim tashkilotlari hodimlari va talabalarni tanlov asosida oʼqitish, masofaviy taʼlim uchun turli koʼrinishdagi interaktiv media-oʼquv manbalari, videodarslar tayyorlash.

3.15. Respublika va hududiy telekanalar bilan hamkorlikda teleko‘rsatuvlar, maxsus reportajlar, lavha va roliklarni tayyorlash va efirga uzatish, radiokanallar orqali eshittirishlar tashkil etish.

3.16. Markazning kadrlar masalasidagi muammolar, yani malakali kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish yo‘lida maqsadli rejalar ishlab chiqish. Shuningdek, jurnalistlar, teleoperatorlar, muharrirlar, montajchi injenerlar, rejissyorlar va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.

3.17. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yangiliklar, talabalar ijtimoiy hayotidagi yangiliklarni tayyorlash bo‘yicha axborot guruhi tuzish.

3.18. Respublika va Xalqaro miqyosidagi nufuzli oliy oʼquv yurtlari hamda OАVlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va muntazam tajriba almashib borish.

3.19. Media-markazning sayti, ijtimoiy tarmoqlarning barcha rasmiy media platformalari – Instagram, Facebook, Telegram, YouTube akkauntlarida yangiliklarni sifatli yoritilishini ta`minlash.

4. Markazning huquq va majburiyatlari

4.1. Media-markazga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

– Markazga biriktirilgan xodimlar, matbuot kotibi vazifalarini bajarish uchun zarur bolgan axborotni filial tarkibidagi bo‘limlardan belgilangan tartibda so‘rab olish;

– filialning yigilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish, qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun rahbariyat bilan kelishilgan holda filial bolimlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;

– rahbariyatning topshirigiga asosan davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda (PR-menedjer, Ekspert guruh rahbari, online radio bosh redaktori) matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar boyicha TATU Farg‘ona filiali nomidan vakillik qilish;

– filialning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, matbuot xizmati faoliyati masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko‘rib chiqishi uchun kiritish;

– markaz va tarkibiga biriktirilgan mas’ul xodimlar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;

4.2. Filialga tegishli bo‘lmagan hamda oliy ta`lim tizimiga oid bo`lmagan, talabalar va xodimlarga zarar bo‘ladigan axborotlarni tarqatish, shuningdek qonunga zid harakatlar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlik belgilanadi.

4.3. Markaz faoliyati filial direktori tomonidan tashkil qilinadi hamda tugatiladi.

4.4. Markaz ish faoliyati filial direktori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi va filialda matbuot xizmati tashkil etiladi.

4.5. Media-markaz bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

5. Markazning tuzilishi va moliyaviy taʼminlanishi

5.1. Markazga jamoatchilik asosida biriktirilgan xodimlarning soni jami

10 ta, shundan, 1 shtat matbuot kotibi, 9 ta mas`ul xodim jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi, kafedralardan jami 10 nafar mas`ul xodimlardan iborat ekspertlar guruhi tuziladi va oylik maoshi asosiy shtatdagi ish joyidan belgilanadi, zaruratga ko`ra xodimlar tarkibi o`zgarib boradi. Talabalar media-guruhga a`zo (25 nafar) qilinadi va natijasiga ko`ra moddiy rag`batlantiriladi. Xodimlarning tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi.

5.2. Markaz xodimlarining ish xaqi filialning umumiy smetasi doirasida hal qilinadi hamda markazning ish natijalariga ko‘ra byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy va ma’naviy rag`batlantiriladi hamda xodimlarning ish haqiga 100% gacha ustama xaq belgilanadi.

5.3. Media-markazning moddiy-texnik bazasi TATU Farg‘ona filialining harajatlar smetasiga muvofiq ta’minlanadi.

5.4. Markazning tuzilishi va xodimlarning tarkibi 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

6. Markaz faoliyatini boshqarish va nazorat qilish

6.1. Markaz faoliyatini PR-menedjer boshqaradi va nazorat qiladi.

6.2. Markaz ish faoliyati yoʼnalishlari boʼyicha filial kengashida yilda kamida ikki marta hisobot beradi.

6.3. Markaz faoliyati boʼyicha filial direktoriga axborot berib boradi.

6.4. Markaz xodimlarining xizmat vazifalari:

Markaz boshligʼi (PR-menedjer) – Filial rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda direktor maslahatchisi vazifasini bajaradi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi togrisida”gi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga va Ozbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari va qarorlariga asosan markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Virtual studiya mutaxassisi – markaz tasarrufida, tarkibida faoliyat yuritadigan klublar va studiyalar (blogerlar klubi, TATU kar’era klubi, ovoz yozish studiya, foto-video studiya) faoliyatini tashkil etadi va media-mahsulotlar tayyorlash bo`yicha mutaxassislar jamoasi faoliyatini yo`lga qo`yadi. Virtual studiya mutaxassisi ishlab chiqarish texnologiyalari va professional tajribaning yangi va eshittirish darajasini oshiradi, mijozlarga ajoyib TV Grogram yaratishda yordam beradi. Bu foydalanuvchiga professional birlashtirilgan ishlab chiqarish tizimini to’liq amalga oshirishga yordam beradi va yuqori texnologiyali va samarali boshqaruvda mahalliy eshittirish va axborot tarqalishini tezlashtiradi, mijozning ish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Veb-sayt moderatori – filial veb-saytida ma`lumotlarni joylash, tahrirlash va tahlil qilishga mas’ul hamda media-markazning veb-saytini yaratishda dasturiy ta’minotchi mutaxassis. Filialning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oz vaqtida yangilab borish, internet tarmogidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirishga mas’ul.

Online radio-studiya mas`uli TATUFF online radiosi faoliyatini tashkil etish, efir rejasini ishlab chiqish, filial veb-sayti orqali online platformasini yaratishga mas’ul. Radio faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berish va ushbu yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish vazifalarini bajaradi.  

Online jurnal muharriri – “Engineering problems and Innovations” ilmiy-texnik jurnali hamda “Al-Farg‘oniy izdoshlari” ilmiy-texnik jurnali faoliyatiga oid barcha tashkiliy ishlarni bajarishga mas`ul. Maqolalar va tezislarni tahrirlash, to‘plam holatini tayyorlash va saytga joylash ishlarini amalga oshiradi.

Sport klubi – Filialda sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini rivojlantirish, talabalarni sport musobqalariga jalb etish va kibersport musobaqalarini tashkil etishga mas’ul. Sport tadbirlarini ommalashtirish bo`yicha chora tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta`minlaydi.

Talabalar teatr-studiyasi – Talabalar teatr-studiyasi badiiy rahbari tomonidan talabalardan iborat havaskorlar jamoasi faoliyatini tashkil etishga mas’ul. O‘tkazilishi rajalashtirilgan tadbirlar senariysini tuzish, repertuarlarni ishlab chiqish vazifalarini bajaradi.

Marketing xizmati – mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, markaz faoliyatini tijoratlashtirish takliflarini ishlab chiqish, ijtimoiy medialarda marketing faoliyatni amalga oshirishga mas`ul. Talabalarning bandligini ta`minlanishi monitoringini yuritish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzilishini muvofiqlashtirish. Mehnat yarmarkalari tashkil etish, ish o`rinlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda filial veb-saytida va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanallarda, talabalar o‘rtasida targ‘ibotini tashkil etish vazifalarini bajaradi.

Ekspertlar guruhi – Kafedralardan 1 tadan xodim mas`ul etib biriktiriladi,  Guruh a`zolari tarkibi jami 10 nafar bo‘ladi. Ushbu guruhning vazifasi filial miqyosida media materiallarni jamlash, tahrirlash va yoritish uchun tavsiya berish.

Media guruhTalabalardan 25 nafar a’zo bo’lgan media-guruh tuziladi (ro‘yxat tasdiqlanadi). Blogerlar jamosi shakllantiriladi.

7. Nizomni o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va bekor qilish

7.1. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek kuchini yo‘qotgan deb topish Filial Kengashining qarori va direktorning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

7.2. Filial rahbariyati taklifi bilan media-markaz nizomiga qo‘shimchalar va oʼzgarishlar kiritiladi.

7.3. Filial rahbariyati media-markaz tuzilmasi va tarkibiga o‘zgarishlar kiritish vakolatiga ega.

7.4. Media-markaz faoliyati Filial Kengashining qarori va direktorning buyrug‘i asosida tugatiladi.

2-ilova

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali Media-markazi nizomining 5.3.-bandiga izoh Mas`ul xodimlar tarkibi

1.Media-markaz boshligi (PR-menedjer)A.Salmonov – TT va KT fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2.Matbuot kotibiShtatlar jadvaliga muvofiq 1 shtat asosida xodim direktor buyrug‘i bilan tayinlanadi
3.Online jurnal muharriri (“Engineering problems and Innovations” ilmiy-texnik jurnali)S.Zokirov – Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri
4.Online radio-studiya mas`uli (TATUFF online radio)Z.Ermatova – Dasturiy injiniring kafedrasi assistenti  
5.Online jurnal muharriri (“Al-Farg`oniy izdoshlari” ilmiy-texnik jurnali)B.Soliyev – Dasturiy injiniring kafedrasi assistenti
6.Talabalar teatr-studiyasi badiiy rahbariN.Eshimova – Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi uslubchisi
7.Sport klubi yetakchisiJ.Avazov – Filial yoshlar ittifoqi yetakchisi
8.Marketing xizmatiB.Ne`matov – Marketing bo`limi boshlig`i
9.Veb-sayt moderatoriM.Fazliddinov – RTTM xodimi
10.Virtual studiya mutaxassisiR.Nabijonov – magistrant
11.Ekspertlar guruhiS.G`aniyeva (mas`ul) – ARM xodimi. Kafedralardan 1 tadan xodim mas`ul etib biriktiriladi. Guruh a`zolari soni jami 10 nafar
12.Media guruhTalabalardan 25 nafar a`zo bo`lgan media-guruh tuziladi (ro`yxat tasdiqlanadi)