Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filali hamda Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda “Axborot almashinuv markazi” tashkil etildi

2021-yil 6-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filali hamda Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda “Axborot almashinuv markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi Axborot almashinuv markazini tantanali ravishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filali direktori A. Rasulov va Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti rahbari Li Seayon ko‘tarinki ruhda ochib berdilar. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2020-yil 28-maydagi 74-f-sonli Farmoyishiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filalida Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda beg‘araz ko‘mak mablag‘lar hisobidan “Axborot almashinuv markazi” tashkil etish belgilangan. Ushbu farmoyish bo‘yicha filialda direktor va direktor o‘rinbosarlardan tashkil topgan ishchi guruh tuzilib, xorijiy hamkorlar bilan tomonlar o‘rtasida ZOOM platformasida o‘tkazilgan bir qancha kelishuvlardan so‘ng filial ichki binosidan 450 m2 maydon ajratilgan va ushbu binoda NIA tashkilotining tanlovida g‘olib bo‘lgan qurilish firmasi o‘z ish faoliyatini olib bordi.

Ushbu markaz foydalanishga topshirilgandan so‘ng o‘zida yangi 5 nafar ish o‘rni hamda bir vaqtda 60 dan ortiq yoshlarni zamonaviy IT texnologiyalarga o‘qitish, frilanserlar bilan ishlash bo‘yicha monomarkaz sifatida ham faoliyat olib boradi. Markaz o‘zida jami 5 ta zamonaviy o‘quv hamda seminar va amaliyot auditoriyalarini qamrab olishi rejalashtirilgan.

Koreya Respublikasi hukumati, Ta’lim vazirligi AKT va kelajakni rivojlantirish vazirligi (MSIP) qoshidagi yordamchi tashkilot bo‘lgan Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) rivojlanayotgan mamlakatlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratadigan axborot markazi (IAC) loyihasini amalga oshirib kelmoqda. NIA tomonidan tashkil etilgan 43 mamlakatda axborot markazi (IAC) mavjud. Markaz talaba-yoshlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etish, ularni Axborot jamiyatiga jalb qilishni maqsad qilib olgan. Markazning maqsadi xalqaro miqyosida odamlar o‘rtasidagi axborot almashuv madaniyati va tadbirkorlik g‘oyalarini rivojlantirishdir.