Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xafsizligi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv-metodik, ilmiy va shaxsiy fazilatlari, tarbiyaviy faoliyati hamda filialni rivojlantirishga qo‘shgan ulushi baholanmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Oliy va o‘rta taʼlim vazirligining 2015 yil 15 oktabrdagi 399-sonli buyrug‘i ijrosi hamda Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan filial Direktori hamda direktor o‘rinbosarlari raisligida pedagog xodimlarini har o‘quv yili yakunlari bo‘yicha o‘rganuvchi ishchi komissiya aʼzolari tomonidan filial professor-o‘qituvchilarining o‘quv-metodik, ilmiy va shaxsiy fazilatlari, tarbiyaviy faoliyati hamda filialni rivojlantirishga qo‘shgan ulushini baholash maqsadida dastlabki o‘rganish ishlari tasdiqlangan grafik asosida olib borilmoqda.

2021 yil 2 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Axborot xafsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv-metodik, ilmiy va shaxsiy fazilatlari, tarbiyaviy faoliyati hamda filialni rivojlantirishga qo‘shgan ulushi baholandi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati