Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Bitiruvchi kurs talabalari 2021 yil 29 mayga qadar malakaviy amaliyot xujjatlari hamda Bitiruv malakaviy ishlarini elektron variantlarini http://moodle.fbtuit.uz/ platformasiga joylashlari talab etiladi.

 Bitiruvchi kurs talabalari 2021 yili 31 maydan 5 iyunga qadar malakaviy amaliyot xujjatlari va Bitiruv malakaviy ishlarini asl nusxalari (qog‘oz variantlari)ni, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha filialning DAK kotiblariga topshiradilar.

Bitiruvchi kurs talabalari uchun Davlat attestatsiya imtixonlari (Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar hamda Ingliz tili fanlaridan) barcha ta’lim yo‘nalishlariga test shaklida http://moodle.fbtuit.uz/ platformasi orqali amalga oshiriladi va Bitiruv malakaviy ishlari himoyalari ZOOM dasturi orqali, tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Axborot xizmati