Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Mas’ul xodimlari hamda Professor-o‘qituvchilari, Namangan viloyati Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi Chust tumani 6-maktab va Pop tumani 40-maktablariga, 2021 yilda Respublika tuman va shaharlarida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish, takomillashtirish maqsadida tashrif buyurdilar

Tashrif davomida Maktab direktori va mas’ul xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi hamda Prezidentimizning qaror va farmonlari, shuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi buyruqlari bilan tanishtirdilar. Suhbatdan so‘ng maktabning hududi, kirish qismi, bino va inshootlari, o‘qituvchilar tarkibi hamda kadrlarga ehtiyoj masalalari yaqindan o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida joriy ta’mirlash, minimal talablar asosidan kompyuter va boshqa texnik vositalar bilan jixozlash uchun takliflar tayyorlash, zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi. Jumladan, tanlangan kompyuter xonalari va koridor devorlarini och-qaymoq rangga o‘zgartirish, elektr tarmoqdagi ulanish nuqtalarani ko‘paytirish, internet tarmog‘i magistral kabelini yangilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, har bir ajratilgan kompyuter xonalariga konditsioner bilan jixozlash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati