Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar uchun “ELEKTRON UNIVERSITET-2022” mavzusi doirasida ichki  innovatsion loyihalar tanlovini e’lon qiladi

Loyiha qiymati: 10.000.000 so‘m

Loyiha mablag‘i TATU Farg’ona filiali budjetdan tashqari mablag‘lari  hisobidan moliyalashtiriladi

LOYIHAGA QO‘YILGAN TALABLAR:

  1. Filialdagi ustivor jarayonlarni raqamlashtirishga qaratilgan bo‘lishi;
  2. “Sun’iy intellekt” ning kichik elementlaridan foydalanilgan bo‘lishi;
  3. TTJ va talabalar murojaatiga oid elektron ma’lumotlar bazasini qamrab olishi;
  4. Filialdagi iqtidorli talabalarni saralab olinishi bo’yicha elektron bazani shakllantirish;
  5. Professor-o‘qituvchi va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini monitoringini  oilib borishda qulayliklar yaratib berishi.

Tanlov uchun loyiha – ishlanmalar Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’limida 2022 yil 19-noyabrdan 5-dekabrgacha qabul qilinadi.

G’olib deb topilgan loyiha 2022-yilning 6-dekabr kuni e’lon qilinadi.

Tanlovda qatnashuvchi professor – o‘qituvchilar yakka tartibda yoki guruh shaklida ishtirok etishi mumkin.