Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari Farg‘ona shahridagi 14-sonli umum ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmonida belgilangan vazifalar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 202-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari yoshlar bilan manzilli ishlar olib borish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli to‘garaklarga jalb etish yuzasidan Farg‘ona shahridagi Afrosiyob mahallasi hududida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.