Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalar safiga qo‘shilish istagidagi litsey, maktab biruvchilari uchun universitet faoliyati, yo‘nalishlari haqida kerakli ma’lumotlarni olish yaqindan tanishtirish, bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida filialning soha mutahassislari tomonidan bir qator uchrashuvlar bo’lib o’tdi

17-fevral kuni Andijon viloyati Baliqchi XTB ga qarashli 5-umumiy o‘rta maktabning 10-B sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar.

21-fevral kuni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari tashrif buyurdilar.

25-fevral kuni Farg‘ona Shahar 3-o‘rta maktab biruvchilari tashrif buyurdilar.
O’quvchilarga bizning filialda yaratilgan sharoitlar, o’quv jarayonlari va Xalqaro universitetlar bilan aloqalar haqida keng tanishtirildi. Ustozlar va iqtidorli talabalar tomonidan qiziqarli savollariga javoblar olishdi.

TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati