Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ushbu uchrashuvda TT va KT fakultet dekani, Dekan o‘rinbosarlari qatnashishdi.

Fakultet dekani M.F.Muxtarov ota-onalar bilan fikr almashdi.

Mavjud muammolar va takliflar o‘rganib chiqdi.

Filial ichki tartib qoidalari haqida tushunchalar berdi.

Ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.A.Salmonov talabalarning kiyinish madaniyati bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.M.Norinov ko‘p dars qoldirilgan va yakuniy imtihonlardan yiqilgan, o‘zlashtirishi past talabalarning ota-onlari bilan tushuntirish ishlari olib bordi.

Uchrashuv so‘ngida ota onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga U.M.Norinov va guruh sardorlari tomonidan javob olishdi.

Ota-onalar tomonidan berilgan takliflarni o‘rganib chiqish uchun ma’muriyat tomonidan muhokamaga qo‘yildi.

Ota-onalar va fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar hamkorligini mustahkamlash uchun telegram guruhlar tashkil qilindi.

Ota-onalar telegram guruhlariga talabalar davomati va kiyinish madaniyati bo‘yicha kunlik rasmlar joylanib borishi ta’kidlandi.