Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida Farg‘ona viloyati bo‘ylab tashkillanayotgan INNOWOMENWEEK haftaligi doirasidagi “TECHNOWOMENUZ” forumi o‘tkazildi

Forumda Farg‘ona viloyatidagi barcha OTM olima ayollari va Xotin-qizlar maslahat Kengashi raislari, iqtidorli talaba qizlar ishtirok etdilar.

Forum ajoyib taassurotlarga boy va mazmunli tashkil etildi.

Mehmonlar Filialning Inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati va olima ayollarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Forum yakunida faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.