Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Farg‘ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumi “Kompyuter injiniringi” yo‘nalishi 0620-guruh 1-kurs talabalari tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 6-yanvar kunidagi hamda viloyat hokimining 2021 yil 16 yanvar kunidagi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari Forumining 100-son bayonida belgilangan vazifalar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yoshlarni ma’naviy ongini yuksaltirish, ularni oliy ta’lim muassasalari va undagi ta’lim tizimi jarayonlari  haqidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida Farg‘ona sanoat va xizmat ko’rsatish texnikumining maxsus fan o’qituvchisi Qurbonova Go‘zal Maxsitaliyevna boshchiligidagi “Kompyuter injiniringi” yo’nalishi 06-20 guruh 1-kurs talabalaribilan 2021 yil 1-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tashrif mobaynida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonlari, filial auditoriyalari hamda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birgalikda texnikum talabalariga filialning Laboratoriyaga mo‘ljallangan auditoriyasida filial Axborot xizmati rahbari tomonidan texnikum talabalariga filialdagi o‘qish jarayonlari hamda imkoniyatlari yuzasidan axborot berildi.  Jumladan axborot texnologiyalari, bugungi kunda filialda joriy etilgan fakultetlar hamda yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shuningdek filial Axborot xizmati rahbari tomonidan filialning ichki tartib qoidalari va kredit ta’lim tizimi bo‘yicha tushunchalar berildi.