Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga Quva tumani 19-maktab bitiruvchilari tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 6-yanvar kunidagi hamda viloyat hokimining 2021-yil 16-yanvar kunidagi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 25-dekabr kuni mamlakatimiz yoshlari bilan videoselektor tarzida o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari Forumining 100-son bayonida belgilangan vazifalar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yoshlarni ma’naviy ongini yuksaltirish, ularni oliy ta’lim muassasalari va undagi ta’lim tizimi jarayonlari  haqidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida Quva tumani 19-maktab bitiruvchilari bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Kun davomida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonlari, filial auditoriyalari hamda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan tanishdilar. Shu bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga filialning katta majlislar zalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A. Rayimov tomonidan maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi, shuningdek  filial Axborot xizmati rahbari tomonidan filialning ichki tartib qoidalari va kredit ta’lim tizimi bo‘yicha tushunchalar berildi.