Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialiga Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sh.Shermatov tashrif buyurdi

Tashrif davomida Sh.Shermatov filialning bugungi kun holati va kelajakdagi rejalari bilan, filial talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion g‘oyalar bilan tanishdi.

Filialda Janubiy Koreyaning milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Axborot almashinuv markazi” faoliyati bilan tanishdi.

Filial axborot-resurs markazining faoliyatini ko’zdan kechirdi.

Shu bilan bir qatorda, UZINFOCOM davlat tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorning Farg‘ona viloyatida tashkil etish jarayoni bilan tanishdi.

TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati