Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot resurs markazi(ARM) hodimlari tomonidan Talabalar turar joyida “Mening sevimli kitobim” mavzusida tadbir tashkillashtirildi

Ushbu tadbirda Talabalar turar joyi direktori M.Nosirov, tarbiyachi pedagog S.Rahmonov, filial xotin-qizlar kengashi raisi Sh.G‘aniyeva, ARM hodimlari va ijodkor, kitobxon talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda ARM hodimlari talabalarga o‘zlarining tavsiyalarini berishdi va qanday kitoblarni mutola qilishni aytib o‘tishdi.

Tarbiyachi pedagog S.Rahmonov so‘zga chiqib hozirgi kunda kitob mutolasini yanada kuchaytirish bo‘yicha psixologik tavsiyalarini berdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati