Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori f-m.f.n. D.A.Xalilov, dotsent f-m.f.n. A.G.Abduqodirov, katta o‘qituvchisi N.A.Mamadaliyev va “Dasturiy injining” kafedrasi dotsenti f-m.f.n. R.M.Zullunovlar I.Razzakov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universitetiga tashrif buyirishdi

2022 yil 24-27 fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professori f-m.f.n. D.A.Xalilov, dotsent f-m.f.n. A.G.Abduqodirov, katta o‘qituvchisi N.A.Mamadaliyev va “Dasturiy injining” kafedrasi dotsenti f-m.f.n. R.M.Zullunovlar I.Razzakov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universitetiga tashrif buyirishdi va akademik, fizika-matematika fanlari doktori Djamanbayev Muratali Djuzumaliyevichning 70-yoshiga bag‘ishlangan “Zamonaviy injenerlik fanlari dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish etishdi.

Safar davomida quyidagi ishlar amalda bajarildi.

2022 yil 24 fevral kuni soat 16-00 da I.Razzakov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti rektori Mirlan Koychubekovich Chinnibayev bilan uchrashuvda va universitet rahbariyati bilan davra suhbatida ishtirok etishdi.

2022 yil 25 fevral kuni akademik, fizika-matematika fanlari doktori Djamanbayev Muratali Djuzumaliyevichning 70-yoshiga bag‘ishlangan “Zamonaviy injenerlik fanlari dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi.

2022 yil 26 fevral kuni Bishkek elektronika va telekommunikatsiya institutiga borishdi. Institut direktori bilan uchrashdilar, institut rahbariyati va talabalar bilan davra suhbatlarida ishtirok etdilar. Har bir professor-o‘qituvchilar o‘z fanlaridan “Master-klass” maruza darslarini o‘tib berishdi, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini hamkorlikda tashkil etishdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati