Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aleksandr Alfredovich Gorovik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “O‘z kasbinig ustasi” belgisi bilan taqdirlandi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 10 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabda 7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tizimdagi tashkilotlar xodimlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu taqdirlash marosimida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan kompaniya va jamiyatlar, korxona va tashkilotlar, shuningdek, sohadagi xorijiy va xususiy korxonalari rahbar xodimlari va mutaxassislari Vazirlik tomonidan “Faxriy yorliq”, “Mohir aloqachi” faxriy unvoni, “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandilar. Shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali “Dasturiy injiniring” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aleksandr Alfredovich Gorovik “O‘z kasbinig ustasi” belgisi bilan taqdirlandi.

Hozirgi tezkor rivojlanish davrida, qayerda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari hayotga izchil tadbiq etilsa, o‘sha joyda o‘sish bo‘ladi. Bu sohaning turli faoliyatlarga joriy qilinishi iqtisodiy o‘sish va davlatning ilmiy-texnik rivojlanishida bosh omil vazifasini o‘taydi.