Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalar turur joyida ijtimoiy ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo’yicha tadbir tashkillandi.

Tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Kadirov, filial ma’naviyat bo’limi bo’shligi A.Rayimov, TTJ mudiri M.Nosirov, TTJ tarbiyachisi S. Raxmonov, filial tyutorlar hamda TTJ yashovchi 421-nafar talabalar ishtirok etishdi.

A.Kadirov tomonidan talabalarga ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo’yicha bir qancha tavsiyalar berildi.

TTJ mudiri M.Nosirov so’zga chiqib, talabalar turar joyida ichki tartib intizom, odob-ahloq qoidalari hamda TTJ xovlisi va xonalarning tozaligi bo’yicha gapirib o’tdi. Shuning bilan talabalar ichidan kengash raisi va har bir qavatlar uchun qavat sardorlari saylandi. Tadbir so’ngida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.