Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professor-o‘qituvchilarini, Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona ” Mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2021 yilning 13 apreldagi yig‘ilishda Mahalla fuqarolar yig‘inlardagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash  tizimidagi topshirig‘iga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining Telekommunikatsiya injiniring kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent Rayimjonova. O,  assistent Jo‘rayev, assistant Ergashev Sh. va Dalibekov, L.  kafedraga biriktirilgan “Markaziy Farg‘ona” Mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va xodimlari bilan mahalladagi umumiy holati xaqida, yoshlarni bo‘sh vaqtlarida bandligi, mahalla pasporti va Mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha umumiy ma’lumotlar olindi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” yuritilishi bilan tanishildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali tomonidan “Ingliz tili”, “Sport”, Axborot kommunikatsion texnologiyalar, “Badiiy ijodkorlik” yo‘nalishlari bo‘yicha Mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlariga bepul to‘garaklar tashkil etilganligi haqida e’lon berildi.