Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Direktor va talaba yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida   Direktor va talaba yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktori A.Rasulov, direktor mastlaxatchisi A.Usmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov, Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dekani F.Muxtarov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda shu fakultet 1-bosqich talabalari qatnashdilar. 

Uchrashuvni fakultet dekani F.Muxtarov ochib talabalarga uchrashuv qatnashchilarini tanishtirib o‘tdi va filial direktori A.Rasulovga so‘z berdi. A.Rasulov talabalarni talabalik safiga qushilganliklari bilan tabriklab, filialni tashkil topishi, uning tarkibiy qismi faoliyati va boshqalar to‘g‘risida gapirib, talabalarni yaxshi o‘qishga chaqirdi va davlatimiz raxbariyati va vazirlik tomonidan yaratilib berilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Direktor maslahatchi tomonidan talabalarga oliygoh ichki tartib qoidalariga rioya qilish lozimligi, talabalarga oid har qanday masalalar bilan murojaat qilishlari mumkinligi, TTJ va ijarada yashovchi talabalarga bir qator nasixatlar qilib, jinoyatchilikni oldini olish to‘g‘risida gapirib, ayrim talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va bu kabi holatlarni sodir etmaslikka chaqirildi.

Filial korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Kaxxarov talabalarga korrupsiya uni turlari, ko‘rinishi va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlarni berib, bo‘limning ishonch telefon raqamlari va elektron pochta manzillari bilan tanishtirdi.

Uchrashuv so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.