Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida “Saylov – yoshlar nigohida” shiori ostida O’zLiDeP Farg’ona viloyat Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov jarayonida ilk bor ishtirok etuvchi talaba yoshlar o’rtasida “Saylovda mening birinchi ovozim” mavzusida davra suhbati o’tkazild

Davra suhbati davomida saylovda ilk bor ishtirok etuvchi yoshlar jalb qilindi. Talaba yoshlar saylov jarayonlari to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan javoblar olishdi hamda saylov qonunchiligi, saylov bo’yicha o’zgarishlar va saylov o’tkazilishi bo’yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan islohatlar haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.