Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga hujjat topshirib talabalar safiga qo‘shilish istagidagi maktab o’quvchilari tashrifi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga hujjat topshirib talabalar safiga qo‘shilish istagidagi maktab o’quvchilari tashrifi.

Filialimizning faoliyati, yo‘nalishlari haqida kerakli ma’lumotlarni olish, yaqindan tanishtirish, o’quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida filialga Oltiariq sanoat texnikumi Kompyuter injinering yo‘nalishidagi 1-kurs talabalari, Farg‘ona tumanining Qorayantoq qishlog‘i 25-sonli o‘rta ta’lim maktabining psixologi A.Xaydaraliyev rahbarligida 11-sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Tashrifi davomida filialimiz Axborot texnologiyalari dotsenti D.A.Xalilov tomonidan bir qancha tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Filialga tashrif buyurgan bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan javoblar oldilar.