Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga Quvasoy shahar 13-maktab bitiruvchilari tashrif buyurdilar

2021-yil 12-mart kuni Quvasoy shahar 13-maktab bitiruvchilari bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Kun davomida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonlari, filial auditoriyalari hamda filialda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar bilan tanishdilar. Shu bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga filialning Axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi B. Turg‘unov tomonidan maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi, shuningdek  filial Axborot xizmati rahbari tomonidan filialning ichki tartib qoidalari va kredit ta’lim tizimi bo‘yicha tushunchalar berildi.