Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va TATU Farg‘ona filiali professor o‘qituvchilari Fransiyada!

Filialning bir guruh vakillari “Erasmus+” dasturi doirasida Fransiyaning Sarbonna universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad “Specacom” loyihasi bo’yicha seminar-treningda ishtirok etish hamda sohaning innovatsion yutuqlari bilan tanishish.

Eslatib o’tamiz, dastur doirasida xorijdagi ma’ruzalarda qatnashayotgan professor o’qituvchilarimiz loyiha doirasida belgilangan vazifalarni hal etish bo’yicha seminarlarda ishtirok etmoqdalar.