Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborottexnologiyalari universiteti Farg’ona filialida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasida zamonaviy muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-texnik anjumani bo’lib o’tdi

Ushbu anjumanda Respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va faol talaba yoshlari 4 ta yo’nalish bo’yicha o’zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashdilar.

  1. Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari hamda yechimlari
  2. Telekommunikatsiya va axborot xavfsizligining dolzarb muammolari va yechimlari.
  3. Zamonaviy pedagogik-psixologik texnologiyalar. Oliy va o’rta ta’lim tizimi muammolari va ularning yechimlari.
  4. Raqamli iqtisodiyotning jamiyatni rivojlanishidagi, hamda hududiy muammolarni yechishdagi ahamiyati.

Konferensiya yuqoridagi 4 ta yo’nalishlar bo’yicha bo’lib o’tdi

Konferensiya haqida to’liq ma’lumotni tez kunda filialning YouTube kanalida ko’rishingiz mumkin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati