Namangan tyutorlar o’quv-seminari

🇺🇿 Seminar kun tartibida amaliy tajriba almashinuvi, ichki va ziyorat turizmini amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

📍 Xususan, bugungi seminarning 2-kunida vodiy oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tyutorlar Namanganning «O’n bir Ahmad» ziyoratgohi, Yusufxon o’g’li Qosimjon jome masjidi va Afsonalar vodiysi tematik parkiga tashrif buyurdishdi va shu bilan bu yilgi tyutorlar oʻquv-seminar treningi yakunlandi.

🗣 Mazkur seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialining 2 nafar tyutori Sardorbek Babayev va Umidjon Akramovlar ishtirok etishdi. Ushbu yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilgan seminar tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiramiz.