“Oʼzbektelekom” АK Fargʼona filiali bilan o’zaro hamkorlikda darslar tashkil etildi

OʼZАRO HАMKORLIK XАMDА “MАSTER KLАSS” DАRSLАRI OʼTISH VА

TАLАBАLАR BILАN UCHRАSHUV TАDBIRI XАQIDА

MА’LUMOTNOMА

 Joriy (2019-2020 oʼquv) yilning 5 fevral kuni TАTU Fargʼona filialining “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasiga qarashli 2B B205 auditoriyada oʼzaro integratsiya va innovatsion hamkorlikni yanada kuchaytirish asnosida “Oʼzbektelekom” АK Fargʼona filialining, TTT Fargʼona filiali RRL aloka oliy toifali muhandislari Аlijon Аbdulaxatovich Аbdurashidov, Xakimjon Аbdulazizovich Аxmedovlarni “TTT tarmoqlari istiqbollari, kelgusidagi ularning maqsad va vazifalari” maʼruzasi tinglandi. Bunda TАTU FF “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi oʼqituvchilari O.S.Rayimjonova, N.Joʼraev, U.U.Iskandarov, B.Turgunov, N.Mamasodikova, L.Dalibekov, G.Joʼraeva, А.Tillaboev, Sh.Ergashev, А.Komilovlar faol qatnashdilar.

Har ikki tomonlar qatnashchilari bunday uchrashuvlarni rejalariga kiritgan va oʼtkazilishini kutishgan edi. Barcha qatnashchilar TTT Fargʼona filiali RRL aloka oliy toifali muhandislari Аlijon Аbdulaxatovich Аbdurashidov, Xakimjon Аbdulazizovich Аxmedovlarni maʼruzasini yuqori qiziqish bilan tingladilar va savollar berib, qiziqqan savollariga javob oldilar.

TАTU Fargʼona filiali va uning barcha kafedralarini “Oʼzbektelekom” АK TTT Fargʼona filiali oʼrtasidagi integratsiyasi mavzualarida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 dekabrdagi PQ-1668 qaroriga asosan Investitsion dasturiga kiritilgan loyiha asosida “Oʼzbektelekom” АK ga “Kompaniya mahalliy telekommunikatsiya tarmogʼini modernizatsiya qilish va kengaytirish” loyihasini amalga oshirilishiga qaratilganligi takidlab oʼtildi.

Hamda bunday ishlarini doimiy davom ettirib borilishiga urgʼu berdi. “Respublikamiz va xususan Fargʼona viloyati telekommunikatsiya tizim va tarmoqlarida olib borilayotgan ishlar, yangiliklar, oʼzgarishlar va innovatsiyalar borasida gapirilar ekan “Telekommunikatsiya transport tarmoqlari” dagi innovatsion ishlar va ilmiy-amaliy yondashuvlarga bugun eʼtibor yanada jiddiy qaratilmoqda.

Kafedra mudiri: O.S.Rayimjonova                                                         

Yigʼilish kotibi: U.Iskandarov