Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axboroti

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abiturientlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan boʼldi.

Bunda:

➡️ birinchi boʼlimdagi majburiy uchta fan – ona tili (oʼzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va Oʼzbekiston tarixi fanlarining har biriga
10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;

➡️ikkinchi boʼlimdagi abiturient tanlagan bakalavriat taʼlim yoʼnalishiga
mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari
va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;

➡️majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityrient tanlagan bakalavriat
taʼlim yoʼnalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball
belgilanadi.

Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filiali Axborot xizmati