Kafedra mudiri:
Qochqorova Gulnora Dexkanbayevna
Telefon: +998 91 327 34 08
Kafedra haqida: tarixi, faoliyat yo‘nalishlari
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining 2021 yil 15 fevraldagi “Yangi kafedra tashkil etish to‘g‘risida”gi № 71-sonli buyrug‘i bilan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi negizida “O‘zbek tili va Gumanitar fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Shu munosabat bilan filialning 2021 yil 19 fevraldagi 53 K-son buyrug‘i bilan professor-o‘qituvchilar kafedralarga biriktirildi.
Ungacha kafedra “O‘zbek tili va adabiyoti” deb nomlangan. 2005-yilda “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2005-2019-yillarda tarix fanlari nomzodi U.Saliev, falsafa fanlari nomzodi, dotsent N.Usmonov, falsafa fanlari nomzodi Sh.Holmatov, iqtisod fanlari nomzodi G.Mahmudova, katta o‘qituvchi I.Rustamov, filologiya fanlari nomzodi D.G‘anievalar kafedra mudiri lavozimida ishlaganlar.
Kafedra bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Kafedra a’zolari 8 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 1 nafari professor, 3 nafari dotsent, 3 nafari katta o‘qituvchi, 1 nafari assistent lavozimida ishlaydi. O‘rindoshlik asosida 2 nafar dotsent va 2 nafar assistentlar faoliyat olib boradi.
Kafedrada TATU, FarDU, FarPI, Farg‘ona Jamoat salomatligi Tibbiyot instituti, ADU va NamDUning gumanitar fanlar, tillar, jismoniy tarbiya va sport kafedralari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Kafedrada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Har bir fan o‘qituvchisi tomonidan iqtidorli talabalar jalb qilingan bo‘lib, ularga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Bundan tshqari kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan va haftada bir marta har bir fandan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
Kafedra ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo‘nalishlari quyidagicha:
KAFEDRA PROFESSOR O‘QITUVCHILARI
Kadirov Abdumalik Matkarimovich | kafedra mudiri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
Bo‘taboev Muxammadjon To‘ychievich | iqtisodiyot fanlari doktori, professor |
Xolmatov Shaxobiddin Jumabaevich | falsafa fanlari nomzodi, dotsent |
Kochkarova Gulnora Dexkanbaevna | falsafa fanlari nomzodi, dotsent |
Tashlanova Nigora Djuraevna | katta o‘qituvchi |
Rustamov Ilxomidin Abduqodirovich | katta o‘qituvchi |
Arabboev Xurshidbek Xusniddinovich | katta o‘qituvchi |
Qosimova Mukammalxon Umaralievna | assistent |
Lavozim yo’riqnomalari: