O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sadikov Shuxrat Muxammadjanovich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Gafurov Yusufbek Ikramovichlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurdilar

Tashrif davomida so‘ngi vaqtlarda ta’lim sohasidagi islohotlar, filialdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Tadbirda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, filialning keyingi 5 yillik rejalari bo‘yicha yaqindan tanishdi. Shuningdek, filial hamda Akademik litseyning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilayotgan yangi loyihalar taqdimot qilindi.