O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘i bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori lavozimiga Muxtarov Farrux Muxammadovich tayinlandi

F.Muxtarov shu kunga qadar TATU Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

F.Muxtarov 1980-yil Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Ilmiy darajasi texnika fanlar bo‘yicha falsafa doktori(PhD).