Qurilish jarayonida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilaylik

Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumi davomida qurilish ob’ektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda vaziyatlarni shuningdek yong‘inlarni oldini olish maqsadida Farg‘ona shaxarida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turarjoy binolaridagi qurilish tashkiloti ishchi xodimlari va quruvchilari  uchun qurilish o’ektlarida tashkil qilingan yotoqxonalarda yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaqtincha tortilgan ochiq xamda ximoya qobig‘ining ximoyalash darajasini yo‘qotgan elektr sim va kabellardan, ruxsat etilmagan qo‘lbola elektr uskuna jixozlaridan, nosoz elektr rozetka va o‘chirgichlardan, qo‘lbola elektr saqlagichlardan, ruxsat etilmagan tabiiy gaz uskunalaridan foydalanmaslik shuningdek is gazidan zaxarlanishini oldini olish elektr payvandlash jarayonida ochiq elektr kabellaridan foydalanmaslik  bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilishiga qaramay xanuzgacha quruvchilar yotgan yotoqxonalarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik xolatlari uchrab turibdi. Quruvchi va ishchilardan shuni so‘rab qolamizki yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni hayotini saqlab qolgan bo‘lasiz.

FARG’ONA SHAHAR FVB NTB boshlig’i katta leytenant B.Komilov