Qurilishda yongʼin xavfsizligi qoidalari

Mamlakatimiz iqtisodiyoti yildan – yilga rivojlanib bormoqda. Fargʼona shahar xududida qad roslayotgan koʼp qavatli bino va inshootlar shahrimiz koʼrkiga koʼrk qoʼshib kelmoqda. Fargʼona shahar Favqulotda vaziyatlar boʼlimi xodimlari tomonidan shahar hududida qurilish ishlari olib borilayotgan obʼektlarda fuqarolar, quruvchilarning hayotini hamda davlat mulkini yongʼin talofatlaridan asrash, sodir boʼlishi mumkin boʼlgan yongʼinlarni oldini olish boʼyicha muntazam ravishda tushuntirish hamda targʼibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. Xususan, Fargʼona shahar Mustaqillik shaharchasi hududida qurilayotgan oʼn olti qavatli turarjoy binosi hamda А.Navoiy koʼchasida qurilayotgan oʼn bir dona oʼn ikki qavatli turarjoy binosini qurayotgan quruvchilar va ishchi xodimlar bilan bir necha bor qurilish ishlarini olib borish jarayonida yongʼin xavfsizligini taʼminlashga doir profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek qurilishi tugallanib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan obʼektlarda yongʼin xavfsizligini taʼminlashga doir tadbirlar qay tarzda bajarilganligi yuzasidan oʼrganishlar olib borilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib kelinmoqda.

Fargʼona shahar FVB normativ-texnik
boʼlinmasi boshligʼi leytenant B.B.Komilov