Sirtqi bo‘lim boshlig‘i: Norinov Muhammad Yunus Usubjonovich

Qabul vaqti: Har kuni, Dushanbadan tashqari ( 8:30-17:00 gacha)

Telefoni: +998937350040

E-mail: mnorinov@umail.uz

Telegram: @MuhammadYunusNorinov


O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Homidjonov Ma’murjon Ma’rufjon o‘g‘li

Qabul vaqti: Seshanba-Juma ( 8:30-17:00 gacha)

Telefoni: +998937363555

E-mail: mamurjon_98@icloud.com


Sirtqi bo‘lim ish yurituvchisi: Ergashev Ahrorbek Akmaljon o‘g‘li

Telefon: +998944200401

E-mail: ahrorbekergashev79@gmail.com


SIRTQI BO‘LIM HAQIDA MA’LUMOT

  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining Sirtqi bo‘limi 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018-yil 24-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida” Qo‘shma qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2859-1 va 2859-3)ga va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining 2022-yil 7-dekabrdagi 3933/27-01-sonli javob xatiga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida Sirtqi bo‘limi tashkil topgan. Hozirgi kunda universitetning sirtqi bo‘limida quyidagi yo‘nalishlarda 1600 nafardan ziyod talabalar tahsil olishmoqda:

SIRTQI  TA’LIMGA QABUL TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida sirtqi ta’lim  2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq  sirtqi shakllarida olib boriladi.

Shuningdek, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston  Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 12-son bayoni bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suxbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi”ga muvofiq, tavsiyanomaga ega fuqarolarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil
15 iyundagi “2023/2024 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PF-31-son qaroriga muvofiq universitetda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 6 ta yo‘nalishda kvotalar ajratildi.

Hozirgi kunda universitetning sirtqi ta’limida quyidagi yo‘nalishlarda qabul amalga oshiriladi:

  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) ;
  • 60610501 – Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”);
  • 60610502 – Kompyuter injiniringi (“AT – servis”);
  • 60610600 – Dasturiy injiniring;
  • 60611101 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”);
  • 60611400 – Pochta aloqa texnologiyasi;

Sirtqi ta’limga o‘qishga qabul qilish:

  • Universitet sirtqi ta’limiga talabalarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Sirtqi shaklga – umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan abiturientlar qabul qilinadi. (Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi);
  • Tavsiyanomaga ega bo‘lgan talabgorlarni sirtqi shaklga qabul qilish – O‘zbekiston  Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish buyicha Davlat komissiyasining tegishli qarori bilan tavsiyanoma beradigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlanadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tegishli vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining ikki barobari) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. (Suhbat komissiyasi universitet tomonidan tashkil etiladi).
  • Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakliga – oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy ta’lim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi. (Kirish sinovlari tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda universitet tomonidan tashkil etiladi).

Sirtqi ta’limda o‘qish muddatlari:

  • Sirtqi shaklda – 5 yil;
  • Suhbat asosidagi sirtqi shaklda – 5 yil;
  • Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda – kamida 4 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining  2-kursidan boshlanadi.

*Sirtqi bo‘lim talabalari uchun yangiliklar bo‘limning Telegramdagi kanali: https://t.me/tatuff_sirtqi orqali berib boriladi.