Talabalar bilan to’lov shartnomalar bo’yicha ochiq muloqot uchrashuv o’tkazdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali direktor F.Muxtarov Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi va Dasturiy injiniringi va Raqamli iqtisodiyot fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar bilan to’lov shartnomalar bo’yicha ochiq muloqot uchrashuv o’tkazdi.

📌 Uchrashuvda shartnoma to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish hamda kredit asosidagi shartnoma to’lovlari, hokimiyat tomonidan yoshlarga imtiyozli ravishda kontrakt to’lovlarini qoplab berilishi haqidajj suhbat bo’lib o’tdi.

🖇 Filial direktori F.Muxtarov, fakultetlar dekanlari hamda filial moliya va reja boʻlim boshligʻi E.Butaboyeva talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi.