Talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat-ma’rifat bo‘limining ijtimoiy muhitni o‘rganish va barqarorlashtirish maqsadida talaba-yoshlar bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va bo‘lim uslubchisi N.Eshimova ishtiroklarida davra suhbatlari olib borildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining Talabalar turar joyida kafedralar va bo‘limlar uchun tashkillangan navbatchilik asosida 2022-yilning 5-aprel kuni Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat-ma’rifat bo‘limining ijtimoiy muhitni o‘rganish va barqarorlashtirish maqsadida talaba-yoshlar bilan Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Rayimov va bo‘lim uslubchisi N.Eshimova ishtiroklarida davra suhbatlari olib borildi.

Suhbat davomida A.Rayimov tomonidan talabalar turar joyidagi talaba yigitlar bilan ma’naviy hamda ma’rifiy muhitni barqarorlashtirish hamda odob-ahloq qoidalarida ko‘rsatib o‘tilgan kiyinish madaniyati tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozimligi va vatanparvarlik, o‘qish burchiga sodiqlik, adolat, halollik haqida so‘zlab, diniy-ma’rifiy tushunchalar berdi.