TATU MAGISTRANTI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-martdagi PQ-4326-sonli qarori bilan oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali 1-bosqich magistranti Nasiba Xomidova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi!