O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-martdagi 48-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari o‘rtasida “Talablar teatr studiyasi” tashkil etildi. “Talabalar teatr studiyasi” faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Farg‘ona shahar rus drama teatri aktrisasi M. Abdurahimova bilan shartnoma tuzildi.

Shuningdek Rus drama teatri aktyorlari tomonidan tayyorlangan “Qo‘g‘irchoqlar”” nomli spektakl namoyish etildi. Talabalar spektaklni ijro etgan aktyorlarga minnatdorchilik bildirib. uzlarining ijobiy fikrlarini yetkazdilar

“Teatr-bu ibratxonadir” degan edi marifatparvar Mahmudxo’ja Bexbudiy.

Darhaqiqat, teatr ibrat va ma’naviyat maskani. Yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish ularda vatanparvarlik tuyg’usini shakillantirish katta ahamiyat kasb etadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi xodimlari, tyutorlar va talabalar Farg‘ona shahar Rus drama teatriga tashrif buyurishdi. “Talabalar teatr studiyasi” va Rus drama teatri aktrisasi tomonidan tayyorlangan “Achchiq hayot” nomli spektakl namoyish etildi. Spektaklda ota-onani qadrlash, oilani e’zozlash hamda talabalik davrini qadriga yetish,, berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish kabi g‘oyalar ilgari surildi.