“Turk dunyosi ma’rifati va an’anaviy qadriyatlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasisi bo’lib o’tdi

⏺ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali Xorijiy aloqalar bo‘limi, professor-o‘qituvchi va talabalaridan iborat delegatsiya 2022 yil 5-dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi B.Siddiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro universitetida o‘tkazilgan atoqli qirg‘iz olimi pedagog Ishenali Arabbayev tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan “Turk dunyosi ma’rifati va an’anaviy qadriyatlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi.

🗣 Shuningdek, 6-7-dekabr kunlari O’sh texnologiyalar universitetiga tashrif uyushtirilib, universitet rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv mobaynida tomonlar o‘z talab va takliflarini bildirgan holda qizg‘in munozaralar olib bordilar.

🤝 O‘zaro hamkorlikda professor-o‘qituvchilarning ilmiy stajirovkalari hamda talabalarni akademik almashinuvi hamda birgalikda xalqaro grand loyihalarda ishtirok etish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Shundan so‘ng, TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan Osh texnologiyalar universiteti talabalariga ma’ruza darslari hamda “Master klass” mashg‘ulotlari o‘tkazildi