{"id":22322,"date":"2023-01-19T10:40:49","date_gmt":"2023-01-19T05:40:49","guid":{"rendered":"https:\/\/tatuff.uz\/?page_id=22322"},"modified":"2024-09-28T10:40:19","modified_gmt":"2024-09-28T05:40:19","slug":"media-markaz","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/media-markaz\/","title":{"rendered":"Media markaz"},"content":{"rendered":"\n<div class=\"wp-block-media-text is-stacked-on-mobile\" style=\"grid-template-columns:22% auto\"><figure class=\"wp-block-media-text__media\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"867\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/shohboz-867x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-28393 size-full\" srcset=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/shohboz-867x1024.jpg 867w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/shohboz-254x300.jpg 254w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/shohboz-768x907.jpg 768w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/shohboz.jpg 1084w\" sizes=\"auto, (max-width: 867px) 100vw, 867px\" \/><\/figure><div class=\"wp-block-media-text__content\">\n<p><strong>Axborot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Jarqinboyev Shoxboz Bahodir o\u2019g\u2019li<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Qabul vaqti<\/strong>: Chorshanba \u2013 Shanba, 13:30 \u2013 16:30<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Telefon<\/strong>: (91) 684 -80-10<\/p>\n<\/div><\/div>\n\n\n\n<hr class=\"wp-block-separator has-alpha-channel-opacity\"\/>\n\n\n\n<p><strong>Markazning maqsadi<\/strong>: Universitetda ta\u02bclim jarayonini bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashuvida faol ishtirok etgan holda vatanimizdagi televizion va media mahsulotlar bozorini rivojlantirish, ta\u02bclimga yo\u02bcnaltirilgan o\u02bcquv media maxsulotlari yaratgan holda daromad olish, televizion texnologiyalari sohasida jaxon darajasidagi yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali hodimlar zaxirasini yaratish va ish o\u02bcrinlarini kengaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Markazning vazifalari:<\/strong> Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta\u02bclimning ilg\u02bcor standartlarini ta\u02bclim jarayoniga joriy etish; ta\u02bclim tizimida eng so\u02bcnggi zamonaviy texnologiyalarni qo\u02bcllash; shuningdek, talabalarga nazariy bilimlar berish bilan birga ularda amaliy ko\u02bcnikmalarni ham rivojlantirish; ta\u02bclim jarayonini ishlab chiqarish jarayoniga integratsiyalashuvida faol ishtirok etish; media ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish kurslarini hamda qisqa muddatli ixtisoslik kurslari ko\u02bcrinishidagi treninglarni tashkil etish; O\u02bczbekiston Oliy va o\u02bcrta maxsus va umumta\u02bclim muassasalari rahbar hodimlari va professor-o\u02bcqituvchilarining media kompetentliligini oshirishga qaratilgan o\u02bcqitish faoliyatini olib borish; media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur o\u02bcrganishga o\u02bcz istagini bildirgan universitet, uning filiallari va unga qarashli o\u02bcrta-maxsus kasb-hunar ta\u02bclimi muassasalari hodimlari va talabalarini tanlov asosida o\u02bcqitish; masofaviy ta\u02bclim uchun turli ko\u02bcrinishdagi interaktiv, media o\u02bcquv manbaalari, videodarslarni yaratish.<\/p>\n\n\n\n<div class=\"wp-block-group is-vertical is-content-justification-center is-layout-flex wp-container-core-group-is-layout-1 wp-block-group-is-layout-flex\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"720\" height=\"406\" src=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/ovoz-yozish-studiyasi.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-28394\" srcset=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/ovoz-yozish-studiyasi.jpg 720w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/ovoz-yozish-studiyasi-300x169.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 720px) 100vw, 720px\" \/><\/figure><\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">Ovoz yozish studiyasi radio<\/p>\n<\/div>\n\n\n\n<div class=\"wp-block-group is-vertical is-content-justification-center is-layout-flex wp-container-core-group-is-layout-2 wp-block-group-is-layout-flex\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"720\" height=\"406\" src=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/virtual-studiya.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-28395\" srcset=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/virtual-studiya.jpg 720w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/virtual-studiya-300x169.jpg 300w\" sizes=\"auto, (max-width: 720px) 100vw, 720px\" \/><\/figure><\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">Virtual studiya<\/p>\n<\/div>\n\n\n\n<div class=\"wp-block-group is-vertical is-content-justification-center is-layout-flex wp-container-core-group-is-layout-3 wp-block-group-is-layout-flex\"><div class=\"wp-block-image\">\n<figure class=\"aligncenter size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"682\" src=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/montaj-xonasi-1024x682.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-28396\" srcset=\"https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/montaj-xonasi-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/montaj-xonasi-300x200.jpg 300w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/montaj-xonasi-768x512.jpg 768w, https:\/\/tatuff.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/montaj-xonasi.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure><\/div>\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\">Montaj xonasi<\/p>\n<\/div>\n\n\n\n<p><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg<\/strong>\u2018<strong>ona filiali Media-markazi<\/strong> <strong>nizomi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>1. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1.1. Ushbu Nizom O\u02bczbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son \u201c\u0410xborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qarori, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son \u201cOliy ma\u02bclumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to\u02bcg\u02bcrisida\u201dgi qarori hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filialini 2017-2030 yillarda rivojlantirish dasturi asosida ishlab chiqildi.<\/p>\n\n\n\n<p>1.2. Media-markaz (keyingi o\u02bcrinlarda Markaz deb yuritiladi) o\u2018z faoliyatida O\u02bczbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O\u02bczbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, \u201cOliy ta\u02bclim to\u2018g\u2018risida\u201dgi Nizom hamda Raqamli texnologiyalari vazirligi, Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, viloyat hokimligi qaror va farmoyishlari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filiali Kengashi qarorlari, Ustavi va mazkur Nizomga amal qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1.3. Mazkur Nizom Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u02bcona filiali media-markazi faoliyatini tashkil etish, ommaviy axborot vositalarida filial faoliyatiga oid axborotlarni yoritishda asosiy hujjat hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>1.4. Mazkur Nizomda markaz faoliyatiga oid quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>PR-menedjer<\/strong> \u2013 Media-markaz faoliyatini boshqaruvchi. Jamoatchilik bilan aloqalar bo\u02bbyicha mutaxassis. PR (o\u02bbqilishi \u2014 piar) \u2014 ingilizcha \u201cpublic relations\u201d, ya\u02bcni jamoatchilik bilan aloqalar ma\u02bcnosini anglatadi. \u00abJamoatchilik bilan aloqalar (PR &#8211; Public Relations) \u2014 bu tashkilotlar va jamoatchilik o\u02bbrtasida o\u02bbzaro manfaatli aloqalarni o\u02bbrnatishga imkon beradigan strategik aloqa jarayoni\u00bb;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Matbuot kotibi<\/strong> \u2013 Filialning axborot siyosati masalalari bo\u2018yicha mas`ul xodimi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Veb-sayt moderatori<\/strong> \u2013 filial veb-saytida ma\u2019lumotlarni joylash, tahrirlash va tahlil qilishga mas\u2019ul hamda media-markazning veb-saytini yaratishda dasturiy ta`minotchi mutaxassis;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Online radio<\/strong> \u2013 TATUFF online radiosi, filial veb-saytida onlayn efirga uzatiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Online jurnal<\/strong> \u2013 \u201cAl-Farg\u2018oniy izdoshlari\u201d ilmiy-texnik jurnali, \u201cEngineering problems and Innovations\u201d ilmiy-texnik jurnali faoliyati online platformasi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Sport klubi<\/strong> \u2013 filial professor-o`qituvchilari va talabalari o\u2018rtasida sport turlari bo\u2018yicha to\u2018garaklar, sport musobaqalari, kibersport o\u2018yinlari tashkiliy tuzilmasi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Talabalar teatr-studiyasi<\/strong> \u2013 talabalarning teatr truppasi, havaskorlik ijodiy jamoasi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Virtual studiya<\/strong> \u2013 Virtual Studio texnologiyasi (VST) &#8211; bu tovush muharrirlari, sekvenserlar, raqamli audio ish stantsiyalariga ulanadigan real vaqt rejimiga bog&#8217;liq (mahalliy) plaginlarning formati. VST ilovalari DirectX plaginlaridan bir necha jihatdan farq qiladi. Xususan, ular Windows, macOS va Linux uchun mavjud. Bundan tashqari, DirectX ning oldingi versiyalaridan farqli o&#8217;laroq, VST plaginlari murakkab avtomatlashtirish interfeysiga ega. Dasturiy ta\u02bcminotni ishlab chiqishning har bir bosqichini yaxshilash uchun vositalar va xususiyatlarning to\u02bbliq to\u02bbplami. Bulut, mobil, veb va o&#8217;yinlarni ishlab chiqish uchun birinchi darajali yordamni o&#8217;z ichiga oladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Brifing <\/strong>\u2013 (inglizcha brie\ufb01ng; brief &#8211; qisqa) \u2014 rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi. Unda muayyan masala bo\u02bbyicha rasmiy nuqtai nazar yoki xalqaro muzokaralar, kengashlar, konferensiyalarning borishi va boshqa to\u02bbg\u02bbrisida tomonlarning o\u02bbzaro kelishib olingan qarashlari rasmiy xulosasi qisqacha bayon qilinadi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Matbuot anjumani<\/strong> \u2013 bu rasmiy ravishda tarqatish va ommaviy axborot vositalarining savollariga javob berish uchun tashkil etilgan tadbir. Matbuot anjumanlari, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarning aniq masalalariga javoban e&#8217;lon qilinadi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Media-platforma<\/strong> \u2013 bu ishlab chiquvchilar veb-saytlar va veb-ilovalarni yaratish uchun foydalanadigan standartlashtirilgan API (HTML, CSS, JavaScript, SVG&#8230;) to&#8217;plami. Media-platforma ko&#8217;p maqsadli veb-ishlab chiqish va kontentni boshqarish platformasi. Bu veb-saytni oson va muvaffaqiyatli ishlab chiqish va texnik xizmat ko&#8217;rsatishga qaratilgan keng qamrovli echimlar to&#8217;plamidir;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Media<\/strong> &#8211; Internet kabi (masalan, televidenie, radio va gazetalar an&#8217;anaviy ommaviy axborot vositalarining namunalari) aloqa vositasiga tegishlidir. Ijtimoiy tarmoqda ular bilan ma&#8217;lumot almashish va ulardan ma&#8217;lumot olish orqali boshqa odamlar bilan muloqot qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Ijtimoiy tarmoqlarda marketing SMM (Social Media Marketing)<\/strong> \u2013 bu mahsulot va xizmatlarni targib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni togridan togri sotish faoliyatini ijtimoiy medialarda amalga oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Kontent<\/strong> \u2013 maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; <strong>Platforma<\/strong> \u2013 o&#8217;zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni yo&#8217;lga qo&#8217;yishga xizmat qiluvchi \u201co&#8217;zak dastur\u201d.<\/p>\n\n\n\n<p>1.5. Media-markaz boshqaruvi filial direktorining buyrug`i asosida jamoatchilik asosida biriktirilgan mas`ul xodimlar faoliyati <strong>markaz boshlig`i (PR-menedjer)<\/strong> tomonidan muvofiqlashtiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1.6. Nizom Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u02bcona filiali direktori tasdiqlagan kundan boshlab kuchga kiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>2. Markazning maqsadi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>2.1. Filialda yagona media-axborot tuzilmasini yaratish maqsadida loyiha ishlab chiqish.<\/p>\n\n\n\n<p>2.2. Madaniy-ma\u2019rifiy tadbirlar, ilmiy konferentsiyalar, o\u2018quv-seminarlar, matbuot anjumani, brifing kabi tadbirlarni tashkil etish va keng yoritish.<\/p>\n\n\n\n<p>2.3. Filialning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy media platformasini rivojlantirish.<\/p>\n\n\n\n<p>2.4. Filialda onlayn jurnal va online radio faoliyatini rivojlantirish.<\/p>\n\n\n\n<p>2.6. Ta\u02bclim jarayonini ishlab chiqarish jarayoni bilan uyg\u2018unlashtirishda faol ishtirok etgan holda televizion va media mahsulotlar tijoratini yo\u2018lga qo\u2018yish.<\/p>\n\n\n\n<p>2.7. Ta\u02bclimga yo\u2018naltirilgan o\u2018quv-media mahsulotlarini yaratish, masofaviy ta`limni sifatli tashkil etish uchun videodarslar, online o\u2018quv mashg`ulotlari, vebinarlar tayyorlash orqali talabalarga sifatli ta\u2018lim platformasini yaratish;<\/p>\n\n\n\n<p>2.8. Television va raqamli texnologiyalari sohasida Respublikamiz va jahon miqyosidagi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda yetuk mutaxassislarni tayyorlash orqali malakali hodimlar zahirasini yaratish va ish o\u02bcrinlarini kengaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>3. Markazning vazifalari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>3.1. Filialning ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy, o\u2018quv, ilmiy ishlar va innovatsiyalar sohasidagi faoliyati hamda professor-o\u2018qituvchilar va talabalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritishga mo\u02bcljallangan media-rejasini ishlab chiqish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.2. Ommaviy axborot vositalarida TATU Farg\u2018ona filiali faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.3. TATU Farg\u2018ona filiali rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari filial faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini taminlash.<\/p>\n\n\n\n<p>3.4. TATU Farg\u2018ona filialiga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to\u2018g\u2018risida rahbariyatni xabardor qilish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.5. Markaz oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo\u2018lgan axborotlarni filialning boshqa bo\u2018linmalari bilan o\u2018zaro hamkorlikda to\u2018plash va ishlash.<\/p>\n\n\n\n<p>3.6. Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.7. TATU Farg\u2018ona filiali faoliyatiga doir masalalar bo\u2018yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda elon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.8. TATU Farg\u2018ona filiali rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.9. TATU Farg\u2018ona filiali faoliyatiga doir masalalar bo\u2018yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o\u2018rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Rahbariyatga axborot berish uchun elon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash.<\/p>\n\n\n\n<p>3.10. TATU Farg\u2018ona filiali faoliyatini eng to\u2018liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o\u2018zaro hamkorlikni amalga oshirish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.11. Video va fotoreportajlar, reklama va ijtimoiy roliklari, intervyular, videoma&#8217;ruzalarni suratga olish, ovoz yozish, xabar va yangiliklar tayyorlash.<\/p>\n\n\n\n<p>3.12. Barcha kontent qiziqarli va yuqori sifatli bo&#8217;lishi uchun ijodiy muhit yaratish. Talabalar jamoasidan iborat blogerlar tomonidan mustaqil ravishda foto va video reportajlar kontseptsiyasini ishlab chiqish, suratga olish, tahrir qilish va ijtimoiy tarmoqlarga yuklash bo\u2018yicha ijodiy ishlarni amalga oshirish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.13. Ta\u02bclim tizimida eng so\u2018nggi zamonaviy texnologiyalarni qo\u2018llash, talabalarga nazariy bilimlar berish yo\u2018nalishida media mahsulot ishlab chiqarish sohasida malaka oshirish kurslarini hamda qisqa muddatli ixtisoslik kurslari ko\u02bcrinishidagi treninglar tashkil etish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.14. Media va televizion ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqur o\u02bcrganishga o\u2018z istagini bildirgan ta\u02bclim tashkilotlari hodimlari va talabalarni tanlov asosida o\u02bcqitish, masofaviy ta\u02bclim uchun turli ko\u02bcrinishdagi interaktiv media-o\u02bcquv manbalari, videodarslar tayyorlash.<\/p>\n\n\n\n<p>3.15. Respublika va hududiy telekanalar bilan hamkorlikda teleko\u2018rsatuvlar, maxsus reportajlar, lavha va roliklarni tayyorlash va efirga uzatish, radiokanallar orqali eshittirishlar tashkil etish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.16. Markazning kadrlar masalasidagi muammolar, yani malakali kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish yo\u2018lida maqsadli rejalar ishlab chiqish. Shuningdek, jurnalistlar, teleoperatorlar, muharrirlar, montajchi injenerlar, rejissyorlar va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.17. Ta\u2019lim-tarbiya sohasidagi yangiliklar, talabalar ijtimoiy hayotidagi yangiliklarni tayyorlash bo\u2018yicha axborot guruhi tuzish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.18. Respublika va Xalqaro miqyosidagi nufuzli oliy o\u02bcquv yurtlari hamda O\u0410Vlari bilan hamkorlik aloqalarini yo\u2018lga qo\u2018yish va muntazam tajriba almashib borish.<\/p>\n\n\n\n<p>3.19. Media-markazning sayti, ijtimoiy tarmoqlarning barcha rasmiy media platformalari &#8211; <strong>Instagram, Facebook, Telegram, YouTube<\/strong> akkauntlarida yangiliklarni sifatli yoritilishini ta`minlash.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>4. Markazning huquq va majburiyatlari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>4.1. <\/strong>Media-markazga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Markazga biriktirilgan xodimlar, matbuot kotibi vazifalarini bajarish uchun zarur bolgan axborotni filial tarkibidagi bo\u2018limlardan belgilangan tartibda so\u2018rab olish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; filialning yigilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish, qo\u2018yilgan vazifalarni bajarish uchun rahbariyat bilan kelishilgan holda filial bolimlari xodimlarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar mutaxassislari va malakali ekspertlarini jalb etish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; rahbariyatning topshirigiga asosan davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo\u2018lgan tadbirlarda (PR-menedjer, Ekspert guruh rahbari, online radio bosh redaktori) matbuot kotibi vakolatiga taalluqli masalalar boyicha TATU Farg\u2018ona filiali nomidan vakillik qilish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; filialning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, matbuot xizmati faoliyati masalalari bo\u2018yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning ko\u2018rib chiqishi uchun kiritish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; markaz va tarkibiga biriktirilgan mas\u2019ul xodimlar o\u2018ziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va o\u2018z vaqtida bajarilishi;<\/p>\n\n\n\n<p>4.2. Filialga tegishli bo\u2018lmagan hamda oliy ta`lim tizimiga oid bo`lmagan, talabalar va xodimlarga zarar bo\u2018ladigan axborotlarni tarqatish, shuningdek qonunga zid harakatlar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlik belgilanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>4.3. Markaz faoliyati filial direktori tomonidan tashkil qilinadi hamda tugatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>4.4. Markaz ish faoliyati filial direktori tomonidan tasdiqlanadigan ish reja asosida tashkil etiladi va filialda matbuot xizmati tashkil etiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>4.5. Media-markaz bevosita filial direktoriga bo\u2018ysunadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>5. Markazning tuzilishi va moliyaviy ta\u02bcminlanishi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>5.1. Markazga jamoatchilik asosida biriktirilgan xodimlarning soni jami<\/p>\n\n\n\n<p>10 ta, shundan, 1 shtat matbuot kotibi, 9 ta mas`ul xodim jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi, kafedralardan jami 10 nafar mas`ul xodimlardan iborat ekspertlar guruhi tuziladi va oylik maoshi asosiy shtatdagi ish joyidan belgilanadi, zaruratga ko`ra xodimlar tarkibi o`zgarib boradi. Talabalar media-guruhga a`zo (25 nafar) qilinadi va natijasiga ko`ra moddiy rag`batlantiriladi. Xodimlarning tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>5.2. Markaz xodimlarining ish xaqi filialning umumiy smetasi doirasida hal qilinadi hamda markazning ish natijalariga ko\u2018ra byudjetdan tashqari mablag\u2018lar hisobidan moddiy va ma\u2019naviy rag`batlantiriladi hamda xodimlarning ish haqiga 100% gacha ustama xaq belgilanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>5.3. Media-markazning moddiy-texnik bazasi TATU Farg\u2018ona filialining harajatlar smetasiga muvofiq ta\u2019minlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>5.4. Markazning tuzilishi va xodimlarning tarkibi 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>6. Markaz faoliyatini boshqarish va nazorat qilish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>6.1. Markaz faoliyatini PR-menedjer boshqaradi va nazorat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>6.2. Markaz ish faoliyati yo\u02bcnalishlari bo\u02bcyicha filial kengashida yilda kamida ikki marta hisobot beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>6.3. Markaz faoliyati bo\u02bcyicha filial direktoriga axborot berib boradi.<\/p>\n\n\n\n<p>6.4. Markaz xodimlarining xizmat vazifalari:<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Markaz boshlig\u02bci (PR-menedjer) \u2013 <\/strong>Filial rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda direktor maslahatchisi vazifasini bajaradi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, \u201cDavlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi togrisida\u201dgi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga va Ozbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari va qarorlariga asosan markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Virtual studiya<\/strong> <strong>mutaxassisi<\/strong> \u2013 markaz tasarrufida, tarkibida faoliyat yuritadigan klublar va studiyalar (blogerlar klubi, TATU kar\u2019era klubi, ovoz yozish studiya, foto-video studiya) faoliyatini tashkil etadi va media-mahsulotlar tayyorlash bo`yicha mutaxassislar jamoasi faoliyatini yo`lga qo`yadi. Virtual studiya mutaxassisi ishlab chiqarish texnologiyalari va professional tajribaning yangi va eshittirish darajasini oshiradi, mijozlarga ajoyib TV Grogram yaratishda yordam beradi. Bu foydalanuvchiga professional birlashtirilgan ishlab chiqarish tizimini to&#8217;liq amalga oshirishga yordam beradi va yuqori texnologiyali va samarali boshqaruvda mahalliy eshittirish va axborot tarqalishini tezlashtiradi, mijozning ish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Veb-sayt moderatori<\/strong> \u2013 filial veb-saytida ma`lumotlarni joylash, tahrirlash va tahlil qilishga mas\u2019ul hamda media-markazning veb-saytini yaratishda dasturiy ta\u2019minotchi mutaxassis. Filialning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oz vaqtida yangilab borish, internet tarmogidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirishga mas\u2019ul.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Online radio-studiya mas`uli<\/strong> <strong>\u2013 <\/strong>TATUFF online radiosi faoliyatini tashkil etish, efir rejasini ishlab chiqish, filial veb-sayti orqali online platformasini yaratishga mas\u2019ul. Radio faoliyatini rivojlantirish bo\u2018yicha takliflar berish va ushbu yo\u2018nalishda hamkorlik aloqalarini o\u2018rnatish vazifalarini bajaradi. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Online jurnal muharriri<\/strong> \u2013 \u201cEngineering problems and Innovations\u201d ilmiy-texnik jurnali hamda \u201cAl-Farg\u2018oniy izdoshlari\u201d ilmiy-texnik jurnali faoliyatiga oid barcha tashkiliy ishlarni bajarishga mas`ul. Maqolalar va tezislarni tahrirlash, to\u2018plam holatini tayyorlash va saytga joylash ishlarini amalga oshiradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Sport klubi<\/strong> \u2013 Filialda sport turlari bo\u2018yicha to\u2018garaklar faoliyatini rivojlantirish, talabalarni sport musobqalariga jalb etish va kibersport musobaqalarini tashkil etishga mas\u2019ul. Sport tadbirlarini ommalashtirish bo`yicha chora tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta`minlaydi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Talabalar teatr-studiyasi \u2013 <\/strong>Talabalar teatr-studiyasi badiiy rahbari tomonidan talabalardan iborat havaskorlar jamoasi faoliyatini tashkil etishga mas\u2019ul. O\u2018tkazilishi rajalashtirilgan tadbirlar senariysini tuzish, repertuarlarni ishlab chiqish vazifalarini bajaradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Marketing xizmati <\/strong>&#8211; mahsulot va xizmatlarni targ\u2018ib qilish, markaz faoliyatini tijoratlashtirish takliflarini ishlab chiqish, ijtimoiy medialarda marketing faoliyatni amalga oshirishga mas`ul. Talabalarning bandligini ta`minlanishi monitoringini yuritish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo\u2018yicha shartnomalar tuzilishini muvofiqlashtirish. Mehnat yarmarkalari tashkil etish, ish o`rinlari haqidagi ma\u2019lumotlarni muntazam ravishda filial veb-saytida va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanallarda, talabalar o\u2018rtasida targ\u2018ibotini tashkil etish vazifalarini bajaradi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Ekspertlar guruhi &#8211; <\/strong>Kafedralardan 1 tadan xodim mas`ul etib biriktiriladi, &nbsp;Guruh a`zolari tarkibi jami 10 nafar bo\u2018ladi. Ushbu guruhning vazifasi filial miqyosida media materiallarni jamlash, tahrirlash va yoritish uchun tavsiya berish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Media guruh<\/strong><strong> &#8211; <\/strong>Talabalardan 25 nafar a\u2019zo bo\u2019lgan media-guruh tuziladi (ro\u2018yxat tasdiqlanadi). Blogerlar jamosi shakllantiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>7. Nizomni o\u2018zgartirish, qo\u2018shimchalar kiritish va bekor qilish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>7.1. Ushbu Nizomga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish, shuningdek kuchini yo\u2018qotgan deb topish Filial Kengashining qarori va direktorning buyrug\u2018i asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>7.2. Filial rahbariyati taklifi bilan media-markaz nizomiga qo\u2018shimchalar va o\u02bczgarishlar kiritiladi.<\/p>\n\n\n\n<p>7.3. Filial rahbariyati media-markaz tuzilmasi va tarkibiga o\u2018zgarishlar kiritish vakolatiga ega.<\/p>\n\n\n\n<p>7.4. Media-markaz faoliyati Filial Kengashining qarori va direktorning buyrug\u2018i asosida tugatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>2-ilova<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong>Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg<\/strong>\u2018<strong>ona filiali Media-markazi nizomining 5.3.-bandiga izoh<\/strong> <strong>Mas`ul xodimlar tarkibi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table><tbody><tr><td><strong>1.<\/strong><\/td><td><strong>Media-markaz boshlig<\/strong>\u2018<strong>i<\/strong> <strong>(PR-menedjer)<\/strong><\/td><td><strong>A.Salmonov \u2013 <\/strong>TT va KT fakulteti yoshlar bilan ishlash bo\u2018yicha dekan o\u2018rinbosari<\/td><\/tr><tr><td><strong>2.<\/strong><\/td><td><strong>Matbuot kotibi<\/strong><\/td><td>Shtatlar jadvaliga muvofiq <strong>1 shtat<\/strong> asosida xodim direktor buyrug\u2018i bilan tayinlanadi<\/td><\/tr><tr><td><strong>3.<\/strong><\/td><td><strong>Online jurnal<\/strong> <strong>muharriri<\/strong> <em>(<\/em><em>\u201cEngineering problems and Innovations\u201d <\/em><em>ilmiy-texnik jurnali)<\/em><\/td><td><strong>S.Zokirov \u2013 <\/strong>Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri<\/td><\/tr><tr><td><strong>4.<\/strong><\/td><td><strong>Online radio-studiya mas`uli<\/strong> (TATUFF online radio)<\/td><td><strong>Z.Ermatova \u2013 <\/strong>Dasturiy injiniring kafedrasi assistenti <strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>5.<\/strong><\/td><td><strong>Online jurnal<\/strong> <strong>muharriri<\/strong> <em>(\u201cAl-Farg`oniy izdoshlari\u201d<\/em> <em>ilmiy-texnik jurnali)<\/em><\/td><td><strong>B.Soliyev<\/strong> \u2013 Dasturiy injiniring kafedrasi assistenti<\/td><\/tr><tr><td><strong>6.<\/strong><\/td><td><strong>Talabalar teatr-studiyasi badiiy rahbari<\/strong><\/td><td><strong>N.Eshimova<\/strong> \u2013 Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi uslubchisi<\/td><\/tr><tr><td><strong>7.<\/strong><\/td><td><strong>Sport klubi yetakchisi<\/strong><\/td><td><strong>J.Avazov<\/strong> \u2013 Filial yoshlar ittifoqi yetakchisi<\/td><\/tr><tr><td><strong>8.<\/strong><\/td><td><strong>Marketing xizmati<\/strong><\/td><td><strong>B.Ne`matov<\/strong> \u2013 Marketing bo`limi boshlig`i<\/td><\/tr><tr><td><strong>9.<\/strong><\/td><td><strong>Veb-sayt moderatori<\/strong><\/td><td><strong>M.Fazliddinov<\/strong> &#8211; RTTM xodimi<\/td><\/tr><tr><td><strong>10.<\/strong><\/td><td><strong>Virtual studiya mutaxassisi<\/strong><\/td><td><strong>R.Nabijonov &#8211; <\/strong>magistrant<\/td><\/tr><tr><td><strong>11.<\/strong><\/td><td><strong>Ekspertlar guruhi<\/strong><\/td><td><strong>S.G`aniyeva <\/strong>(mas`ul) \u2013 ARM xodimi. Kafedralardan 1 tadan xodim mas`ul etib biriktiriladi. <strong>Guruh a`zolari soni<\/strong> <strong>jami 10 nafar<\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>12.<\/strong><\/td><td><strong>Media guruh<\/strong><\/td><td>Talabalardan <strong>25 nafar<\/strong> a`zo bo`lgan media-guruh tuziladi (ro`yxat tasdiqlanadi)<\/td><\/tr><\/tbody><\/table><\/figure>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Axborot xizmati rahbari Jarqinboyev Shoxboz Bahodir o\u2019g\u2019li Qabul vaqti: Chorshanba \u2013 Shanba, 13:30 \u2013 16:30 Telefon: (91) 684 -80-10 Markazning maqsadi: Universitetda ta\u02bclim jarayonini bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan integratsiyalashuvida [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-22322","page","type-page","status-publish","hentry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"en","enabled_languages":["uz","ru","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/22322","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=22322"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/22322\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":31292,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/22322\/revisions\/31292"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=22322"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}