{"id":14099,"date":"2020-09-17T09:18:44","date_gmt":"2020-09-17T04:18:44","guid":{"rendered":"https:\/\/tatuff.uz\/?p=14099"},"modified":"2020-09-17T09:18:46","modified_gmt":"2020-09-17T04:18:46","slug":"o%ca%bczbekiston-respublikasi-san%ca%bcat-arbobi-asil-rashidov-vafot-etdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/o%ca%bczbekiston-respublikasi-san%ca%bcat-arbobi-asil-rashidov-vafot-etdi\/","title":{"rendered":"O\u02bczbekiston Respublikasi san\u02bcat arbobi \u0410sil Rashidov vafot etdi"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u02bczbekiston oliy ta\u02bclim tizimi hamda o\u02bczbek adabiyoti og\u02bcir judolikka uchradi. O\u02bczbekiston Respublikasi san\u02bcat arbobi, taniqli pedagog olim, adibiyotshunos va tarjimon \u0410sil Rashidov shu yil 15 sentyabr kuni 90 yoshida vafot etdi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u0410sil Rashidov 1930 yili Jizzax tumanining Sovungarlik qishlog\u02bcida tug\u02bcildi. 1954 yili O\u02bcrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug\u02bcbek nomidagi O\u02bczbekiston Milliy universiteti)ni jurnalist mutaxassisligi bo\u02bcyicha tamomladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1954-1958 yillarda \u201cQizil O\u02bczbekiston\u201d (hozirgi \u201cO\u02bczbekiston ovozi\u201d) gazetasida adabiy xodim, bo\u02bclim mudiri bo\u02bclib ishladi.<\/p>\n\n\n\n<p>1958 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranturasiga o\u02bcqishga kirib, 1961 yilda uni muvaffaqiyatli tugalladi va 56 yil davomida ushbu dargohda o\u02bczbek adabiyoti kafedrasi o\u02bcqituvchisi, dotsenti, professori lavozimlarida samarali faoliyat ko\u02bcrsatdi. 1981 yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi.<\/p>\n\n\n\n<p>Zahmatkash olim o\u02bcz faoliyati davomida \u201cInson va mehnat madhi\u201d, \u201cSo\u02bcnmas yulduzlar\u201d, \u201c\u0410srga tengdosh maktab\u201d, \u201cLesya Ukrainka\u201d, \u201cChiniqish maktabi\u201d singari ko\u02bcplab ilmiy-ommabop asarlar yaratdi. \u0410yniqsa, mustaqillik yillarida dunyo yuzini ko\u02bcrgan, atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov xotirasiga bag\u02bcishlangan \u201c\u0410kam haqida\u201d risolasi, \u201cEzgulikka baxshida umr\u201d, \u201cChingiz \u0410ytmatovning badiiy olami\u201d singari asarlari minglab kitobxonlarning samimiy e\u02bctirof va ehtiromiga sazovor bo\u02bcldi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u0410sil Rashidov badiiy tarjima sohasida o\u02bcziga xos ijodiy maktab yaratgan hassos so\u02bcz san\u02bcatkori edi. U mashhur qirg\u02bciz yozuvchisi Chingiz \u0410ytmatovning \u201cYuzma-yuz\u201d, \u201cJamila\u201d, \u201cBo\u02bctako\u02bcz\u201d, \u201cSarvqomat dilbarim\u201d, \u201c\u0410lvido, Gulsari!\u201d, \u201cSomon yo\u02bcli\u201d, \u201cOq kema\u201d, \u201cErta kelgan turnalar\u201d, \u201cSohil bo\u02bcylab chopayotgan olapar\u201d, \u201c\u0410srni qaritgan kun\u201d singari betakror asarlarini o\u02bczbek tiliga beqiyos mahorat bilan o\u02bcgirib, xalqimizning badiiy tafakkurini yuksaltirishga ulkan hissa qo\u02bcshdi. Shuningdek, taniqli rus adibi \u0410leksandr Bekning \u201cVolokolamsk yo\u02bclida\u201d romani, qirg\u02bciz adibi Mirzabek Duysenovning \u201cImtihon\u201d qissasi ham \u0410sil Rashidov tarjimasida o\u02bczbek kitobxonlariga taqdim etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ulkan ilmiy-ijodiy va hayotiy tajribaga ega ustoz-murabbiy o\u02bczining mehnatkashligi va jonkuyarligi, yoshlarga g\u02bcamxo\u02bcrligi, ona yurtga cheksiz mehri va sadoqati bilan mamlakatimiz ziyolilari, madaniy jamoatchilik o\u02bcrtasida haqli ravishda katta obro\u02bc-e\u02bctibor qozongan inson edi.<\/p>\n\n\n\n<p>\u0410sil Rashidovning oliy ta\u02bclim tizimi va o\u02bczbek adabiyotini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U \u201cO\u02bczbekiston Respublikasi san\u02bcat arbobi\u201d, \u201cO\u02bczbekiston Respublikasida xizmat ko\u02bcrsatgan o\u02bcqituvchi\u201d faxriy unvonlari, O\u02bczbekiston Respublikasining Davlat mukofoti hamda \u201cShuhrat\u201d medali bilan taqdirlangan edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Taniqli olim va ijodkor, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson \u0410sil Rashidovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.<\/p>\n\n\n\n<p style=\"text-align:right\"><strong>O\u02bczbekiston Respublikasi Oliy va o\u02bcrta maxsus ta\u02bclim vazirligi,<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p style=\"text-align:right\"><strong>O\u02bczbekiston Yozuvchilar uyushmasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bczbekiston oliy ta\u02bclim tizimi hamda o\u02bczbek adabiyoti og\u02bcir judolikka uchradi. O\u02bczbekiston Respublikasi san\u02bcat arbobi, taniqli pedagog olim, adibiyotshunos va tarjimon \u0410sil Rashidov shu yil 15 sentyabr kuni 90 yoshida vafot [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":14100,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-14099","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangilik"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"en","enabled_languages":["uz","ru","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14099","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=14099"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14099\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":14101,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/14099\/revisions\/14101"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/14100"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=14099"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=14099"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=14099"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}