{"id":16804,"date":"2021-09-10T13:32:16","date_gmt":"2021-09-10T08:32:16","guid":{"rendered":"https:\/\/tatuff.uz\/?p=16804"},"modified":"2021-09-10T13:38:12","modified_gmt":"2021-09-10T08:38:12","slug":"2021-2022-o%ca%bbquv-yili-uchun-respublika-oliy-talim-muassasalarida-bakalavriat-yo%ca%bbnalishlari-va-magistratura-mutaxassisliklari-bo%ca%bbyicha-to%ca%bblov-kontrakt-qiymati-miqdorlari-to","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/2021-2022-o%ca%bbquv-yili-uchun-respublika-oliy-talim-muassasalarida-bakalavriat-yo%ca%bbnalishlari-va-magistratura-mutaxassisliklari-bo%ca%bbyicha-to%ca%bblov-kontrakt-qiymati-miqdorlari-to\/","title":{"rendered":"2021\/2022-o\u02bbquv yili uchun respublika oliy ta\u2019lim muassasalarida bakalavriat yo\u02bbnalishlari va magistratura  mutaxassisliklari bo\u02bbyicha to\u02bblov-kontrakt qiymati miqdorlari to\u02bbg\u02bbrisida Oliy va o\u02bbrta maxsus ta\u2019lim vazirligining bayonoti"},"content":{"rendered":"\n<p>Xabaringiz bor, kuni kecha O\u02bbzbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalariga o\u02bbqishga qabul qilish bo\u02bbyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining to\u02bblov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi to\u02bblov-kontrakt asosida o\u02bbqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021\/2022-o\u02bbquv yili uchun respublika oliy ta\u2019lim muassasalarida bakalavriat ta\u2019lim yo\u02bbnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo\u02bbyicha bitta talabani to\u02bblov-kontrakt shaklida bir yillik o\u02bbqitish qiymati miqdorlari <a href=\"https:\/\/t.me\/eduuz\/5996\">tasdiqlandi<\/a>.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-embed aligncenter is-type-video is-provider-youtube wp-block-embed-youtube wp-embed-aspect-16-9 wp-has-aspect-ratio\"><div class=\"wp-block-embed__wrapper\">\n<iframe loading=\"lazy\" title=\"Oliy va o\u02bbrta maxsus ta\u2019lim vazirligining bayonoti\" width=\"1150\" height=\"647\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/YNs29kmoE40?feature=oembed\" frameborder=\"0\" allow=\"accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture\" allowfullscreen><\/iframe>\n<\/div><\/figure>\n\n\n\n<p>Bunda, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarda kunduzgi ta\u2019lim shaklida tahsil olib, 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan (ya\u2019ni vaksina olgan) talabalarga stipendiyasiz bazaviy to\u02bblov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi berilishi belgilandi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, 2019\/2020-o\u02bbquv yilidan boshlab respublika oliy ta\u2019lim muassasalarida ta\u2019lim yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha bitta talabani to\u02bblov-kontrakt shaklida bir yillik o\u02bbqitish qiymati mehnatga haq to\u02bblashning eng kam miqdori barobarida belgilangan bo\u02bblib, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Hukumat qarorlari bilan ish haqi miqdorlari oshirilganda to\u02bblov-kontrakt narxlari ham oshirilib boriladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>2020\/2021-o\u02bbquv yili boshida koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy himoya qilish, xususan, aholining to\u02bblov qobiliyati pasayishini hisobga olib, talabalarni qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida bazaviy to\u02bblov-kontrakt miqdorlariga (ya\u2019ni stipendiyasiz summaga) 10 foiz miqdorda chegirma qilingan edi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Ya\u2019ni 2021-yil 1-fevraldan ish haqi miqdorlari 10 foizga oshirilgan bo\u02bblsa-da, o\u02bbquv yili uchun chegirma berilgan bazaviy kontrakt miqdori saqlab qolindi.<\/p>\n\n\n\n<p>Misol tariqasida oladigan bo\u02bblsak, pedagogika, texnika, gumanitar fanlar ta\u2019lim yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha kunduzgi shaklda to\u02bblov-kontrakt miqdori chegirma hisobiga 5 771 349 so\u02bbm etib belgilangan edi. Aslida esa mazkur yo\u02bbnalishlarda kontrakt miqdori 2020-yil 1-sentabrdan 6 412 610 so\u02bbm, 2021-yil 1-martdan boshlab esa o\u02bbquv yili uchun belgilangan miqdorga nisbatan 16 foiz yuqori, ya\u2019ni 6 733 555 so\u02bbm miqdorida bo\u02bblishi kerak edi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqoridagilarni inobatga olib, belgilangan tartibga muvofiq 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 2021\/2022 o\u02bbquv yili uchun (stipendiyasiz) bazaviy to\u02bblov-kontrakt miqdorlari ta\u2019lim yo\u02bbnalishlariga qarab 7 759 440 so\u02bbmdan 11 869 440 so\u02bbmgacha belgilanib, 34,4 foizga oshirilishi lozim edi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shunga qaramasdan, Davlat komissiyasining qabul qilgan qaroriga asosan bugungi kunda respublikadagi pandemiya sharoitini inobatga olib, bazaviy to\u02bblov-kontrakt miqdorlari haqiqatda o\u02bbrnatilishi lozim bo\u02bblgan miqdorlarga nisbatan kamaytirilgan miqdorlarda tasdiqlandi, ya\u2019ni 2021\/2022-o\u02bbquv yilida to\u02bblov-kontrakt miqdorlari 10 foiz oshirilmagan, balki o\u02bbrnatilishi lozim bo\u02bblgan miqdorga nisbatan 21,1 foizga kam etib belgilangan.<\/p>\n\n\n\n<p>E\u2019tiborli jihati shundaki, bunda koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan kunduzgi ta\u2019lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdori o\u02bbzgarishsiz qoladi.&nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Misol uchun, pedagogika, texnika, gumanitar yo\u02bbnalishlarida o\u02bbqiyotgan talabalar stipendiyasiz bazaviy to\u02bblov-kontrakt summasi 10 foiz miqdorda chegirma bonusi berilgandan so\u02bbng 5 771 349 so\u02bbmni tashkil etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuni ham alohida ta\u2019kidlab o\u02bbtish lozimki, bugun belgilangan to\u02bblov-kontrakt miqdorlari talabani o\u02bbqitish xarajatlarining o\u02bbrtacha 68,4 foizini qoplaydi xolos.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\">Manba: edu.uz<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xabaringiz bor, kuni kecha O\u02bbzbekiston Respublikasi ta\u2019lim muassasalariga o\u02bbqishga qabul qilish bo\u02bbyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining to\u02bblov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi to\u02bblov-kontrakt asosida o\u02bbqiydigan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":16539,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2],"tags":[],"class_list":["post-16804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangilik"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"en","enabled_languages":["uz","ru","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16804"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16807,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16804\/revisions\/16807"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16539"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}