{"id":21025,"date":"2022-09-14T14:36:44","date_gmt":"2022-09-14T09:36:44","guid":{"rendered":"https:\/\/tatuff.uz\/?p=21025"},"modified":"2022-09-14T14:37:35","modified_gmt":"2022-09-14T09:37:35","slug":"korrupsiya-taraqqiyot-kushandasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/korrupsiya-taraqqiyot-kushandasi\/","title":{"rendered":"Korrupsiya &#8211; taraqqiyot kushandasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Bugungi kunda yurtimizda juda ko\u2018plab o\u2018zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilayotgani, oliy ta\u2019lim tizimida, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filialida olib borilayotgan islohotlar natijasida sohada faoliyat yuritish tom ma\u2019noda faxrli kasbga aylangani.<\/p>\n\n\n\n<p>Barcha sohalar qatori korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarildi. Xususan, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi&nbsp; PF-5729-son Farmoni asosida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. &nbsp;<\/p>\n\n\n\n<p>Prezidentimiz ta\u2019birlari bilan aytganda, \u201cKorrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a\u2019zolari, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, \u201chalollik vaksinasi\u201d bilan emlanmas ekan, o\u2018z oldimizga qo\u2018ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz\u201d. Bu o\u2018zgarishlar natijasida bugun korrupsiya yurtdoshlarimiz ongidan ham chekinib bormoqda. Shu bilan birga jamiyat rivojiga to\u2018sqinlik qiluvchi bu illatning yurtimiz kelajagi bilan bevosita bog\u2018liq bo\u2018lgan ta\u2019lim sohasida ham mavjudligi yo\u2018l qo\u2018yib bo\u2018lmaydigan salbiy holatdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, yoshlarning oliy ta\u2019lim bilan ilk uchrashuvlari albatta, qabul jarayonlari, kirish imtihonlarida bo\u2018ladi. Bu jarayonning ahamiyatli jihatlaridan yana biri, unda yoshlarning nafaqat ta\u2019lim tizimi, balki butun jamiyat haqidagi fikri shakllanadi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Shuning uchun ham oliy ta\u2019lim tizimida olib borilayotgan islohotlar ayni shu tizimda shaffoflikni ta\u2019minlashdan boshlandi. Sir emaski, ma\u2019lum bir davrda kirish imtihonlari korrupsiya va adolatsizlik holatlari eng ko\u2018p uchraydigan jarayonlardan biri sifatida qayd etilardi.<\/p>\n\n\n\n<p>Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filiali xodimlari zimmalaridagi mas\u2019uliyatni chuqur anglagan holda hamda ijobiy tajribalarini uyg\u2018unlashtirib, qabul jarayonlarini adolatli va shaffof tashkil etish borasida bir qator ishlarni amalga oshirdilar.<\/p>\n\n\n\n<p>Jumladan, filial tasarrufidagi Texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2022\/2023-o\u2018quv yili qabuli uchun o\u2018tkazilayotgan suhbat jarayonlari shaffofligini ta\u2019minlashda doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish &#8220;Komplaens nazorat&#8221; tizimini boshqarish bo\u2018limi xodimlari hamda mas\u2019ul xodimlar tomonidan nazorat qilinib borildi, ushbu imtihon jarayonlari videokuzatuv kameralari yordamida yozib olinib, filial rasmiy veb-saytida onlayn tarzda namoyish etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Eng asosiysi, qabul jarayonlarida korrupsiya, tanish-bilishchilik kabi jirkanch holatlar kuzatilmasligi uchun filial tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda barcha zaruriy choralar ko\u2018rildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Bugun talabalikka tavsiya etilgan yoshlar sohaning ertasini belgilab berishini anglagan holda, bu jarayonga filialning barcha professor-o\u2018qituvchilari, ishchi xodimlari tomonidan jiddiy e\u2019tibor bilan yondashildi, qabul jarayonlarida shaffof muhit shakllandi, korrupsion holatlar aniqlanmadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek, abituriyentlarga qulayliklar yaratish maqsadida CALL-CENTR (Aloqa) xonasi tashkil etildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ammo bu faktlar bizni aslo xotirjamlikka berilishimizga sabab bo\u2018lolmaydi. Ya\u2019ni bu illatga doimo qarshi kurash olib borishimiz kerak.<\/p>\n\n\n\n<p>Jumladan, yangi o\u2018quv yilida talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filiali bilan yaqindan tanishtirish, dars jadvallari, kredit-modul tizimi, filial faoliyati to\u2018g\u2018risida birinchi bosqich talabalariga atroflicha ma\u2019lumotlar berish ishlari amalga oshirilib filial faoliyatida shaffoflik ta\u2019minlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Talabalarni ijara-xonadonlari va talabalar turar joyiga joylashtirish, ularning yashash sharoitlarini o\u2018quv yilining dastlabki kunlaridanoq yaxshilash bo\u2018yicha tizimli ishlarni yo\u2018lga qo\u2018yilib va bu borada muxim ko\u2018rsatma va topshiriqlar berildi.<\/p>\n\n\n\n<p>Filialda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar ro\u2018yxatini yana uzoq davom ettirish mumkin. Ishonchim komilki, boshqa oliy o\u2018quv yurtlarida ham aynan shu kabi ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu bilan oliy ta\u2019lim butkul korrupsiyadan xoli sohaga aylandi, degan fikrni bildirishdan yiroqmiz. Biroq sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo\u2018yicha yuritilayotgan izchil va faol sa\u2019y-harakatlardan ko\u2018z yumish ham biryoqlama yondashuv bo\u2018lar edi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Akbarali Rasulov Maxammatovich<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>fizika-matematika fanlari doktori, professor<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filiali direktori.<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda yurtimizda juda ko\u2018plab o\u2018zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilayotgani, oliy ta\u2019lim tizimida, jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg\u2018ona filialida olib borilayotgan islohotlar natijasida sohada faoliyat yuritish tom [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":7,"featured_media":17642,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[2,176],"tags":[],"class_list":["post-21025","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangilik","category-anticorruption"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"en","enabled_languages":["uz","ru","en"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"en":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21025","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/users\/7"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=21025"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21025\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21029,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/21025\/revisions\/21029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17642"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=21025"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=21025"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/tatuff.uz\/en\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=21025"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}