“Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash”

2020-yil noyabr-dekabr oylarida Fargʼona viloyati Yozyovon tumanida “Yangi Oʼzbekiston – yangicha dunyoqarash” maʼnaviy-maʼrifiy targʼibot tadbirlari koʼtarinki ruhda oʼtkazildi. Tadbirlarni bir nechtasi 28-musiqa va sanʼat maktabida mahalla fuqarolar yigʼini tomonidan koʼrgazmali tashkil etildi. Tadbirlarni tuman hokimi oʼrinbosari M. Xatamov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan xalqona siyosatning mohiyati toʼgʼrisida gapirdi. Shundan soʼng soʼzga chiqqan respublika targʼibot guruhi aʼzosi, TАTU Fargʼona filiali direktor oʼrinbosari B.Jalilov soʼz olib, yangilanayotgan Oʼzbekistonning jahondagi obroʼ-eʼtibori, hozirgi pandemiya sharoitida ham erishilayotgan yutuqlar salmogʼi toʼgʼrisida maʼruzalar qildi.

Tadbirlarda “Dasturiy injiniring” kafedrasi professor-oʼqituvchilari R.Zulunov, А.Аbdullaev, B.Mirzakarimovlar faol ishtirok etishdi.

Tadbirlarda “Yozyovon navolari” ashula va raqs ansambli jamoasi kuy va qoʼshiqlari bilan yigʼilganlarni xushnud etishdi. Tadbirlar nihoyasida mahalla faollaridan bir guruhi esdalik sovgʼalari va tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi. Shunday tadbirlar Yozyovon tumani barcha MFYlarda boʼlib oʼtdi.